Tojikiston poytaxti Dushanbeda voleybol bo‘yicha 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar jamoalari o‘rtasida davom etayotgan Markaziy Osiyo chempionatida O‘zbekiston U-16 qizlar terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Mamlakatimiz voleybolchi qizlar jamoasi Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston jamoalari bilan o‘tgan bahslarda g‘alabaga bo‘lgan kuchli irodasini namoyish etdi.
Bugun hamyurtlarimiz turnirning finalida Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Final bahsi nafaqat oltin medal uchun kurash, balki yosh voleybolchilarimizga katta tajriba va xalqaro sahnada o‘zbek voleybolining yangilanayotgan avlodi iqtidorini namoyish etish deganidir.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA