Parij meri Ann Idalgo o‘tgan yil Olimpiada oldidan Senada cho‘milgan edi. Bu yil daryoning Eyfel minorasiga yaqin qismida cho‘milish hududi ochildi. Marosimda qatnashgan Idalgo xonim shunday degan:

– Odamlarga yana Senada suzish imkonini yaratish azaliy orzuimiz edi.

Parijliklar 100 yildan ortiq vaqtdan beri endi qonuniy ravishda Senada cho‘milmoqda. Shahar meri poytaxt daryosining uch joyida moslashtirilgan cho‘milish hududini ochiq, deb e’lon qildi: Eyfel minorasi, Notr-Dam sobori va Bersi hududidagi Fransua Mitteran kutubxonasi yaqinida.

Ertalabdan cho‘milish ilinjidagi shaharliklar qo‘llarida sochiq bilan daryo bo‘yida to‘plandi. Majmualar dush, kiyim almashtirish xonalari va barcha zarur mebellar bilan jihozlangan.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan maxsus hududlardan tashqarida suzishga ruxsat etilmaydi.

Senada cho‘milish 1923 yil taqiqlangan. Bunga sabab – o‘zan ifloslanishi. O‘tgan yil Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida shahar rasmiylari va tashkiliy qo‘mita suvni tozalash bo‘yicha yirik loyihaga qariyb 1,5 milliard yevro ajratdi. Hozir daryoning tozaligi Yevropa standartiga javob beradi.

Tadbir chog‘i mer daryo qanchalik tiniqligini ko‘rsatish uchun shishani suv bilan to‘ldirdi. Ayni payt ekologlar idishdagi bakteriyalar darajasi rasmiy chegaradan ancha pastligini tasdiqladi.

– Rosti, tavakkal qilmayman, – deydi mahalliy aholi vakili. – Senada juda ko‘p chiqindi suzib yurganini ko‘rdim. Shu bois daryo to‘liq tozalanishini kutaman.

Umuman, parijliklar poytaxt o‘rtasida cho‘milish joyi ochilganidan xursand. Daryo toza saqlanishi odamlar bundan buyon tozalik qoidasiga rioya etishi bilan bog‘liq. Har holda, cho‘milishni xohlaganlar daryoga chiqindi tashlamasa kerak...

K.Bekjonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Cho‘milasizmi? Parijga keling...