Fransiyaning Tomblen shahrida yengil atletika bo‘yicha o‘tgan “Meeting Stanislas Nency” xalqaro turnirining uzunlikka sakrash bahslarida hamyurtimiz Anvar Anvarov munosib ishtirok etdi. Bellashuv yakunlariga ko‘ra, 7,89 metr natija bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Nufuzli musobaqaning oltin medali portugaliyalik Jerson Baldega nasib etgan bo‘lsa, avstraliyalik Kristofer Mitrevski kumush medal bilan taqdirlandi.
Ma’lumot o‘rnida: mazkur muvaffaqiyat atletimiz uchun joriy yildagi xalqaro turnirlarda qayd etilgan ilk medal bo‘ldi. Anvar o‘tgan oylar davomida faqat Toshkentda o‘tgan mamlakat chempionati, “UNG Meeting” va “G.Arzumanov” turnirilarida g‘olib bo‘lgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA