Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hukumati Buxoro axbori gazetasining dastlabki muharriri Mahmud Said Ahroriy 1895 yilda Arabistonning Madina shahrida tug‘ilgan.

Ahroriyning otasi Abdurashidxo‘janing kelib chiqishi xo‘jandlik bo‘lgan, haj ziyoratini amalga oshirish maqsadida borib,Madina shahrida qolib ketgan. Professor Naim Karimovning ma’lumot berishiga qaraganda,otasi Abdurashidxo‘ja 1903—1905-yillarda Madina shahridan Turkiyaga ko‘chib o‘tadi, Istanbulda yashay boshlaydi. O‘g‘li Muhammad Saidning zamonaviy ta’lim olishini o‘ylab Abdurashidxo‘ja uni Istanbuldagi gimnaziyada o‘qitgan.Muhammad Said olti oylik harbiy kurslarda ham tahsil olgan. Bu paytda Birinchi jahon urushi boshlanib, Muhammad Said ham Usmonli armiyasida Dardanel uchun olib borilgan janglarda ishtirok etgan. Jang vaqtida turkiyalik boshqa askarlar bilan ruslarga asirga tushgan. Bir necha yillar Sibir o‘rmonlarida mehnat qilgan.Muhammad Said 1917-yilda yuz bergan Fevral inqilobidan keyinToshkentga kelgan.  

Muhammad Said Ahroriy Toshkentga kelishi bilan publitsist sifatida zamonning dolzarb mavzularini qalamga oladi. U Madinada tug‘ilib, Istanbuldagi maktab va kurslarda turk tilida o‘qigan bo‘lsa-da,birinchi maqolalarini sof o‘zbek tilida yozgan. Unga o‘zbek tilini otasi Abdurashidxo‘ja o‘rgatgan.

"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi soni jamoat arbobi, jurnalist Mahmud Said Ahroriyga bag‘ishlanadi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Lza5nlqP9ts?si=p8QS3yb7ePpjzCyA" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov,O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jadid jurnalist Mahmud Said Ahroriy (+video)