6 – 7 iyul kunlari Rio-de-Janeyroda (Braziliya) 17-BRIKS sammiti bo‘lib o‘tadi. Bo‘lajak sammit birinchi marta 11 a’zo va 10 sherik mamlakatdan iborat kengaytirilgan guruhni qabul qiladi, bu BRIKS tarixidagi muhim bosqichdir.

Dastlab 2006 yilda to‘rtta a’zo – Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoydan iborat bo‘lgan, 2011 yilda Janubiy Afrika qo‘shilgan BRIKS, 2024 yildan 2025 yilgacha oltita yangi a’zoni – Efiopiya, Misr, Eron, Indoneziya, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarini qabul qilib, “BRIKS plyus”ga aylandi. Qolaversa, BRIKS rahbarlari 2024 yilda Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan sammitda BRIKS sherik mamlakati toifasini yaratishni ma’qullashdi. 

Hozirgi vaqtda BRIKSning 10 ta sherik mamlakati mavjud: Boliviya, Belarus, Kuba, Qozog‘iston, Malayziya, Nigeriya, Tailand, Uganda, O‘zbekiston va Vetnam. Yangi a’zolar – Indoneziya va Vetnamning qo‘shilishi guruhning Janubi-Sharqiy Osiyoga birinchi kengayishini anglatadi. 

Ayni paytda 11 a’zo mamlakat dunyo aholisining 40 foizdan ortig‘ini, jahon neft ishlab chiqarishi va eksportining 40 foizini va jahon savdosining 40 foizini tashkil etadi. 

Ishtirok etuvchi mamlakatlar uchun  BRIKSning kengayishi kengroq bozor, qo‘shimcha resurslar, shu jumladan, energiya va investitsiyalar uchun katta salohiyatni anglatadi, chunki guruh Global Janub mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, global iqtisodiy manzarani yanada adolatli qilish va xalqaro boshqaruvda o‘z ta’sirini kengaytirishga intilmoqda.

BRIKSning kengayishi nafaqat uning kuchaygan vakilligi va rivojlanayotgan global jozibasini ta’kidlaydi, balki global iqtisodiy dinamikada sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berayotganini ham bildiradi. Misol uchun, iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikni kamaytirishning kuchli drayveri bo‘lgan xalqaro savdo sohasida BRIKS a’zolari va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik Janub-Janub savdosini sezilarli darajada rivojlantirdi. Rasmiy savdo kelishuvlari mavjud bo‘lmasa-da, BRIKS guruh ichidagi savdoni kengaytirdi va an’anaviy bozorlarga qaramlikni kamaytirdi, bu esa a’zo mamlakatlarga bir-birining katta bozoridan foydalanish imkonini berdi. 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoat Rivojlanishi Tashkilotining 2025 yil fevral oyidagi siyosiy sharhiga ko‘ra, 2002 yildan 2021 yilgacha barcha BRIKS mamlakatlarining jami global savdosi yetti baravardan ko‘proq o‘sib, 572 milliard dollardan 4 trillion dollargacha oshdi. 

So‘nggi yillarda BRIKS ichidagi savdo BRIKSga kirmaydigan mamlakatlarga nisbatan sezilarli darajada tezlashdi, bu guruh o‘zining o‘zaro to‘ldiruvchi ta’minot zanjirlari tarmog‘ini shakllantirish va savdo aloqalarini diversifikatsiya qilish yo‘lida sezilarli yutuqlarga erishganini ko‘rsatadi.

BRIKSga kirmaydigan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun BRIKS a’zolari o‘rtasidagi tezkor guruh ichidagi savdo, uning ta’minot zanjirlari tarmog‘i bilan mustahkamlangan, global qiymat zanjirini rivojlantirish va taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi o‘sish imkoniyatlarini yaratish uchun jozibador muqobil hamkorlikni taqdim etadi. 

Ajablanarlisi shundaki, so‘nggi ikki o‘n yillikda Janub-Janub savdosi BRIKS savdo tendensiyalariga taqlid qildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va Taraqqiyot Konferensiyasi (UNCTAD) ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, 2007 yildan 2023 yilgacha Janub-Janub savdosi ikki baravardan ko‘proq o‘sib, 2,3 trillion dollardan 5,6 trillion dollarga yetdi, bu an’anaviy savdo hamkorlariga qaramlikning kamayishini, shu bilan birga rivojlanayotgan mamlakatlar uchun yangi imkoniyatlarni yaratdi.  BRIKSning Janubi-Sharqiy Osiyoga kengayishi, global savdo markazi sifatida, mintaqaning eng yirik iqtisodiyoti va aholisi eng ko‘p bo‘lgan Indoneziyaning qo‘shilishi ushbu klubga va Janub-Janub savdosiga qo‘shimcha savdo salohiyatini va barqaror va inklyuziv global savdoni kuchaytirishni va’da qilmoqda. Savdodan tashqari, guruhdagi hamkorlik ko‘proq investitsiyalarni jalb qilish va global o‘sishga birgalikda hissa qo‘shish imkoniyatini beradi. 

2023 yilda Xitoy dunyodagi eng yaxshi uchta to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya (TTXI) oluvchilari qatoriga kirdi, Braziliya va Hindistonning har biri to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarning sezilarli o‘sishini qayd etdi — taxminan 130 milliard dollar yoki qariyb 20 foiz. Bu BRIKSni, ayniqsa, rivojlanayotgan bozorlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘sishining asosiy drayveriga aylantiradi. Qolaversa, TTXIni qabul qiluvchi yirik mamlakatlar – BAA, Saudiya Arabistoni, Indoneziya va Vetnamning birlashmaga qo‘shilishi Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyoda, xorijiy kapital uchun «qaynoq nuqta»da yangi investitsiya imkoniyatlarini ochishga yordam beradi. 

UNCTADning to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya bo‘yicha ma’lumotlari BRIKSda yillik investitsiya oqimining 2001 yildagi 84 milliard dollardan 2021 yilda 355 milliard dollargacha, to‘rt baravardan ko‘proq oshganini ko‘rsatadi. Qolaversa, BRIKSning global TTXI oqimidagi ulushi 2001 yildagi 11 foizdan 2021 yilda 22 foizgacha – ikki baravar oshdi. 

To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya oqimlarining kengayishi texnologiyalar transferi va kapital oqimlarini osonlashtiradi va a’zo mamlakatlarga iqlim o‘zgarishini o‘z ichiga olgan rivojlanish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish imkonini beradi, BRICS oxirgi ikki o‘n yillikda iqtisodiy ta’sirining sezilarli darajada kengayishiga makon bo‘ldi va global o‘sishning asosiy drayveriga aylandi.

Carnegie Endowment for International Peace ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 yildan beri beshta BRIKS mamlakatining global YAIMdagi ulushi, xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha o‘lchanganda, 21 foizdan qariyb 35 foizgacha kengaydi. Taqqoslash uchun: G7ning ulushi 43 foizdan 30 foizga tushdi. 2018 yilda BRIKS global YAIMdagi G7 ulushidan xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha o‘zib ketdi va 2024 yilga kelib, farq yanada kengaydi. BRIKS 35 foizni tashkil etdi, G7 esa 30 foizni tashkil etdi. Bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan BRIKS sammitidagi muhokamalarda, kengaygan guruh birinchi navbatda Janub-Janub savdosi, investitsiya va moliyalashtirishni qayta shakllantirish va yanada inklyuziv global iqtisodiy landshaftga qanday hissa qo‘shishi mumkinli kabi mavzularga e’tibor qaratiladi.

                                                                           Umidjon Qurbonov tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BRIKSdan “BRIKS plyus”ga: Global Janub uchun ijobiy oqibatlar