Turkiy xalqlar o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalar do‘stlik va ma’naviy hamkorlik ramzidir. Alisher Navoiyning bebaho ilmiy va adabiy merosi nafaqat o‘zbek xalqi, balki barcha turkiy millatlar uchun umumiy g‘urur manbai.

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida mutafakkir va shoiri Alisher Navoiyga haykal o‘rnatildi. 

Haykal ochilish marosimida Xalq deputatlari O‘sh shahar Kengashi raisi Bolotbek Bayetov so‘zga chiqdi, deyiladi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ma’lumotida.   

— Navoiy merosiga hurmat va ehtirom ko‘rsatish har bir turkiy xalq vakilining burchi, — dedi u. 

Mazkur haykal O‘sh shahridagi tarixiy joylardan birida o‘rnatilib, uning atrofida Navoiy asarlarini o‘rganish va targ‘ib qilishga qaratilgan madaniy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Alisher Navoiy haykallari bugungi kunda boshqa bir qator davlatlar, xususan, Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Tojikiston,  Turkmaniston, Rossiya, Belarus, Ukraina, Eron, Xitoy va hatto Koreyada ham o‘rnatilgan.  

 A.RUSTAMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hazrat Alisher Navoiy haykali yana bir davlatda qad rostladi