Mamlakatimizda ijtimoiy himoya sohasida yana bir muhim qadam tashlandi. Vazirlar Mahkamasining “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga vaucher asosida yangi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida yangi, zamonaviy yondashuv asosidagi ijtimoiy xizmatlar joriy etilmoqda.

Mazkur dastur asosida 18 yoshdan katta bo‘lgan, mustaqil hayot kechirish imkoniyati cheklangan, ya’ni Bartel va Lauton shkalalari bo‘yicha 0 dan 53 ballgacha baholangan fuqarolarga turli ko‘rinishdagi ijtimoiy xizmatlar vaucher asosida bepul ko‘rsatilmoqda. Bu esa nogironligi yoki qarovga muhtojligi bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasidir.

Dastur doirasida taqdim etilayotgan eng muhim xizmatlardan biri – uy sharoitida qarab turish xizmati hisoblanadi. Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida ushbu xizmat amaliyotga tatbiq etildi. Masalan, Ermat bobo Mamatov ayni paytda 85 yoshda. Ilgari unga uyda kelini qarab kelar edi. Endilikda ushbu xizmat bilan qamrab olinganidan keyin, xonadon egalari uchun katta imkoniyat bo‘ldi.

Ushbu maskanda ayni paytda 10 nafar parvarishga muhtoj keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatilmoqda.

Maskanda kundalik parvarish va yordam ko‘rsatish, ovqatlantirish, gigiyena qoidalarini bajarishda ko‘maklashish, doimiy muloqot orqali psixologik ko‘mak berish, tyutorlik – shaxsni o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga o‘rgatish, zamonaviy texnologiyalar (telefon, planshet, kompyuter)dan foydalanishga yordamlashish, kitob o‘qishga jalb etish kabi xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, uy sharoitida qarab turish xizmati Koson tumanida ham o‘z faoliyatini boshladi. Unda 20 nafar keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslar qamrab olinadi. Yil yakuniga qadar esa yana 3 ta kunduzgi qarab turish xizmati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

“Faol hayotga qadam” dasturining yo‘lga qo‘yilishi – aholining ijtimoiy zaif qatlamiga amaliy yordam ko‘rsatish, ularning hayot sifatini oshirishga qaratilgan muhim ijtimoiy tashabbusdir. Mazkur tashabbus ijtimoiy xizmatlar sifati va qamrovini oshirish, aholini kambag‘allikdan chiqarish hamda fuqarolarning munosib hayot kechirishiga ko‘maklashish yo‘lida muhim qadamlardan biridir.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Faol hayotga qadam” dasturi amalda