Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 15-tur uchrashuvlari kutilmagan natijalarga boy o‘tmoqda.
Jumladan, ushbu turda "So‘g‘diyona" – "Qo‘qon-1912" va "Surxon" – "Buxoro" jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.
"So‘g‘diyona" – "Qo‘qon-1912" jamoalari bahsi 2:1 hisobida yakunlandi. Uchrashuvda "So‘g‘diyona" tarkibida gollarni Lyupcho Doriyev kiritgan bo‘lsa, mehmonlar safidagi yagona golga Muhammadanas Hasanov mualliflik qildi.
Shuningdek, "Surxon" - "Buxoro" uchrashuvi 0:0 hisobida o‘z nihoyasiga yetdi.
Bugun, 5 iyul kuni milliy chempionatimizning 15-turida “Mash’al” - OKMK, “Andijon” - “Bunyodkor” jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.
Shu o‘rinda G‘uzorda bo‘lib o‘tadigan “Mash’al” va OKMK jamoalarining o‘zaro o‘yinlar statistikasiga nazar tashlaymiz.
[gallery-24161]
“Mash’al” va OKMK jamoalari milliy chempionat doirasida o‘zaro 22 marta to‘qnash kelgan. Unda “Mash’al” 10 ta g‘alabaga erishgan bo‘lsa, OKMK 8 ta o‘yinda g‘alaba qozongan. Qolgan 4 uchrashuv durang bilan yakunlangan. To‘plar nisbati - 27/27
Javohir Toshxo‘jayev, Jonibek Qo‘zimurodov (surat), O‘zA