Aql-idrok bu uning faoliyatini belgilaydigan shaxsning aqliy prinsipi. IQ deb ataladigan aql-idrok miqdori yoshga qarab insonning qobiliyatlarini miqdoriy baholashni aks ettiradi. Ushbu koyeffitsiyentni aniqlash uchun maxsus testlardan foydalaniladi.

IQ inglizcha “intelligence quotient” – o‘zbekchada “intellektuallik koeffitsiyenti” so‘zlari qisqartmasi bo‘lib, insonning o‘rganish, tushunish, ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyati va samarali yo‘llarni qo‘llash koeffitsiyentini o‘lchaydi. IQ testlari balli tizimda baholanib, dunyo bo‘yicha taxminan 68 foiz kishining IQ darajasi 85 balldan 115 ballgacha deb qaraladi. Juda ozchilik kishilar 70dan past yoki 130 dan yuqori IQʼga ega bo‘ladilar.

Birinchi marta IQ 1912 yilda ma’lum bo‘ldi. Uni psixologiya sohasidagi mutaxassis Vilgelm Stern ixtiro qildi. Shunigdek, u insonning intellektual qobiliyatlarini aniqlash usulini taklif qildi. Vaqt o‘tishi bilan IQni aniqlashga qaratilgan testlar mashhurlikka erisha boshladi. Ular tobora ko‘payib borishdi, ammo ba’zilariga hech narsa yordam bermadi. Shuning uchun ob’ektiv test natijasi haqida gapirish mumkin emas. Biroq, ular butun dunyoda aql-idrok darajasini sinab ko‘rish uchun ishlatiladi.

Bugungi lavhamizda IQ darajasining yuqori bo‘lishi chindan ham boshqalarga nisbatan aqlliroq, qobiliyatliroq ekanligi qanchalik to‘g‘ri ekanligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot beramiz. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/BkWnh95EnKc" title="IQ ko‘rsatkichi aqllilik belgisimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IQ ko‘rsatkichi aqllilik belgisimi? (+video)