Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonining ma’muriy markazi – Urumchi shahrida an’anaviy tarzda o‘tkazilgan “Xitoy – Yevroosiyo” EKSPO 2025 ko‘rgazmasi dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, fan-texnika sohasidagi yangi ishlanmalarni targ‘ib qilish hamda madaniy almashinuvni kuchaytirishda muhim platforma bo‘ldi.

Ko‘rgazmadagi eng e’tiborga molik jihat – fan va texnologiya sohasidagi ilg‘or yutuqlarning keng namoyon qilinganidir. Sun’iy intellekt, bionik robotlar, intellektual dronlar, avtonom transport vositalari inson aqli va muhandislik salohiyati naqadar yuksakligidan dalolat beradi. Ayniqsa, tibbiy xizmat va qutqaruv operatsiyalariga mo‘ljallangan bionik robotlar, inson harakatini anglash qobiliyatiga ega intellektual qurilmalar, masofadan boshqariladigan transport tizimlari – bugungi kunda dunyodagi texnologiya yo‘nalishlarining qay darajada taraqqiy etganini yaqqol ko‘rsatdi. 

Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, EKSPO doirasida 40 dan ziyod tadbirlar o‘tkazildi. Yarmarkada dunyodagi eng nufuzli kompaniyalar – Fortune Global 500 ro‘yxatiga kirgan 100 dan ortiq korporatsiya ishtirok etdi. Shuningdek, Xitoy va xorijdan kelgan 5000 dan ortiq mutaxassis va yirik xaridorlar qatnashdi. 

EKSPOda alohida tashkil etilgan “Sifatli eksport mahsulotlari hududi” orqali yuqori sifatga ega, raqobatbardosh mahsulotlar namoyish qilindi. Bu iste’moldagi yangi trendlarni belgilashda muhim o‘rin tutadi. 

Yarmarka doirasida moda ko‘rgazmalari (fashion show) ham tashkil etildi. Bunda Sinszyandagi paxta yetishtirish, to‘qimachilik mahsulotlari va dizayn sohasidagi ishlanmalar asosida yaratilgan mahsulotlar taqdim qilindi. Bu tadbir ishlab chiqarish zanjiridagi innovatsiyalarni uyg‘unlashtirish hamda bozorni yangilashga xizmat qiladi. Shuningdek, EKSPO 2025 zamonaviy marketing yechimlarini ham o‘z ichiga olgan. 

“Transchegaraviy elektron savdo paviloni” orqali Xitoy va xorijdan blogerlar va inflyuyenserlar jalb etilgan, mahsulotlar jonli efirlar orqali targ‘ib qilindi. Bu ishlab chiqaruvchilarga yangi bozorlarga chiqish imkonini yanada kengaytiradi. Bu yechim raqamli savdo maydonini kengaytirish, mahsulot eksportini rag‘batlantirish va tarmoqlararo hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladi. 

EKSPO doirasida o‘tkazilgan milliy pavilonlar ko‘rgazmasi barchaga manzur bo‘ldi. Turli mamlakatlar o‘zining iqtisodiy, texnologik va madaniy salohiyatini taqdim etdi. Bunday tadbirlar nafaqat iqtisodiy munosabatlarni, balki xalqlar o‘rtasidagi madaniy ko‘prikni ham mustahkamlaydi. 

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik, ayniqsa, sanoat, agrotexnologiya, transport va logistika sohalarida katta salohiyatga ega. Bunday ko‘rgazmalarda ishtirok etish orqali yurtimiz vakillari zamonaviy bilim va ilg‘or tajribalarni olish bilan birga, yangi hamkorlar bilan aloqalarni o‘rnatish imkoniga ega bo‘lmoqda. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/EBXIZktVqhc" title="Eng ilg‘or ishlanma va texnologiyalar namoyishi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nilufar Bozorova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng ilg‘or ishlanma va texnologiyalar namoyishi (+video)