Centrum-Air aviakompaniyasi tomonidan "Nukus - Aqtau – Nukus” aviareysi yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu aviakompaniyaga tegishli havo kemasining birinchi reysi “Aqtau -Nukus” yo‘nalishi bo‘yicha o‘z parvozini amalga oshirish uchun Nukus xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Ya’ni parvozlar 3 iyul kunidan boshlab amalga oshirila boshlandi.

– Yangi reysning dastlabki yo‘lovchilaridan biri ekanligimdan xursandman, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanidan Iklasboy Kamalov. – O‘g‘lim bilan Aqtau shahriga boryapmiz. Avvallari borib-kelish judayam qiyin edi. Aviachiptalarni onlayn tarzda xarid qildik. Bu borada hech qanday muammo bo‘lmadi.

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan, Qoraqalpog‘istonning turizm salohiyatini yanada oshirish, xalqimizga avia xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan yangi aviareyslar qo‘shni davlatlar bilan har tomonloma aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukusdan Aqtauga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi