O‘simliklar olamida keyingi paytlarda turli xil yangi virus, bakteriyalar uchramoqda. O‘z navbatida mutaxassislar bunga darhol e’tibor qaratib, unga qarshi kurash olib boradilar. Masalan, entomologiya hasharotlarni o‘rgansa, mikologiya o‘simliklarning zamburug‘lari borasida tadqiqotlar olib boradi. Boshqa yo‘nalishlarda ham olimlarimiz doimiy izlanishda. Maqsad katta mashaqqat va xarajat evaziga yetishtirilayotgan bog‘dorchilik va dehqonlik mahsulotlarini zararkunanda hamda kasalliklardan samarali himoya qilishdir.

Ma’lumki vaqt o‘tishi bilan zamonaviy preparatlarga parazit va kasalliklarning  moslashib ketishi ko‘p kuzatiladi va ularga qarshi kurash samarasiz bo‘lib qolishi mumkin. Shu bois mamlakatimizda soha mutaxassislarining dunyo tajribasini o‘rganishlariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.  

Jumladan, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning ko‘magida amalga oshirilgan loyihada O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining mutaxassislari ana shunday 5 ta muhim yo‘nalishda Janubiy Koreya tajribasini o‘rgandi.  

O‘quv kursining asosiy maqsadi o‘zbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirish, ularga zamonaviy ilmiy-texnik uslublarni o‘rgatish va laboratoriya jarayonlariga ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga qaratilgandir.  

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, o‘simliklarning DNKsi

orqali ham ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Shu sababli navbatdagi malaka oshirish dasturida mazkur yo‘nalishga alohida e’tibor qaratilib, innovatsion yondashuv orqali zararli organizmlarning turlarini tez va to‘g‘ri aniqlash uslublari tahlil qilindi.

Yana bir e’tiborli tomoni malaka oshirish kurslari O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida fitosanitariya sohasidagi ilmiy-texnik hamkorlikni mustahkamlaydi.

Yakunida mutaxassislar kelgusida qo‘shma tadqiqotlar, kadrlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va fitosanitar xavf tahlili bo‘yicha innovatsion ishlanmalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib oldilar.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/AhDFERsNmeE?si=FdJ2HVx5x4lDRnCk" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fitosanitariya sohasida ilmiy hamkorlik (+video)