Ozarbayjon Raqamli rivojlanish va transport vazirligi delegatsiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Safar davomida mehmonlar dastlab mamlakatimiz Transport vazirligi huzuridagi "Raqamli transport markazi" Davlat muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tomonlar shahar jamoat transporti tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, amaliyotga tatbiq etilayotgan raqamli yechimlar yuzasidan bilim va tajriba almashdi.

Tashrif dasturiga muvofiq xalqaro avtomobil tashuvi bo‘yicha sheriklikni mustahkamlash, ushbu yo‘nalishda milliy tashuvchilar ishtirokini kengaytirish, mavjud aloqalarni mustahkamlash masalalari ham muhokama qilindi.
Qardosh davlat vakillari tegishli mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazishdi, “Yallama” va “Dovut ota” chegaradan o‘tish manzillaridagi zamonaviy infratuzilmani ko‘zdan kechirishdi.
M.Pirmatova, O‘zA