“O‘zmilliybank”AJ Sebzor BXM jamoasi bugun ish joylarida faqat ofis muhitini emas, balki milliy ruh, an’ana va qadriyatlarni ham aks ettirishda tashabbus ko‘rsatmoqda.

Milliy liboslarda xizmat ko‘rsatayotgan xodimlarimiz bank amaliyotidagi yuksak professionallik bilan bir qatorda, o‘zligimiz, tariximiz va madaniyatimizni ham ifodalamoqda.  

Milliy libos — bu xalqimiz ma’naviyati, tarixiy merosi va estetik dunyoqarashining ifodasi. Xodimlarimizning milliy kiyimdagi ko‘rinishi mijozlarda ham yuqori kayfiyat va an’analarimizga hurmat uyg‘otmoqda. Biz ishonamizki, milliy libos nafaqat estetik go‘zallik, balki korporativ madaniyatning bir bo‘lagi hamdir. Chunki o‘zligini anglagan xodim – mas’uliyatni, mehrni va xizmat madaniyatini ham anglaydi.

“O‘zmilliybank” milliy ruhni qadrlaydi va kelajak avlod tarbiyasida qadriyatlarga ehtirom tuyg‘usini shakllantirishda faol ishtirok etadi.  

“O‘zmilliybank” AJ

Matbuot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmilliybank”AJ: madaniyatimiz mohiyati kiyinishda namoyon