Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash, sanitariya talablariga javob berish, ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solish inson salomatligini saqlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu yo‘nalishdagi huquqiy asoslarni mustahkamlash oziq-ovqat xavfsizligi choralarini ko‘rishda hal qiluvchi o‘rin tutadi.

Bu borada “Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bilan oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi sohasidagi sanitariya choralari, qoida va normalarni ishlab chiqish hamda qo‘llash tartibi JST bitimi talablari bilan uyg‘unlashtirilmoqda.  

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan mazkur qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.  

Ikkinchi o‘qishga tayyorlanayotgan mazkur loyiha bilan oziq-ovqat mahsuloti va ozuqaning xavfsizligiga qo‘yiladigan umumiy talablar, oziq-ovqat biznesi operatorlarining huquqlari va majburiyatlari nazarda tutilyapti.  

Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotining xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari tizimi asosida doimiy tartiblarni ishlab chiqish, joriy qilish va qo‘llashga qo‘yiladigan talablar belgilanmoqda.  

Yig‘ilishda deputatlar tomonidan qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha berilgan barcha takliflar, fikr-mulohazalar chuqur tahlil qilindi, loyihadagi  normalar maromiga yetkazildi. Mas’ul qo‘mitada qonun loyihasini takomiliga yetkazish ishlari davom etmoqda.  

M.Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oziq-ovqat xavfsizligi: sanitariya normalari JST talablariga uyg‘unlashtirilmoqda