Korrupsiya har qanday jamiyatda adolat, qonun ustuvorligi va barqaror taraqqiyotning asosiy dushmanlaridan biri hisoblanadi. Uning oqibatida fuqarolarning davlatga nisbatan ishonchi so‘nib, jamiyatda tengsizlik va beqarorlik kuchayadi. Shu sababli, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi qat’iy kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

Ayniqsa, yirik iqtisodiy salohiyatga ega tarmoqlarda korrupsiya xavfini kamaytirish, shaffoflikni ta’minlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shunday tashabbuslardan biri – “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida amalga oshirilayotgan “Korrupsiyaga qarshi birlashaylik” dasturidir. 

Bu haqda kompaniya axborot xizmati rahbari Mo‘min Ibodov quyidagilarni ma’lum qildi:

– Avvalo shuni ta’kidlash joizki, korrupsiya  har qanday jamiyatning barqaror taraqqiyoti, qonun ustuvorligi va adolat prinsiplariga jiddiy tahdid soluvchi illatdir. Uning oqibatida inson huquqlari buziladi, aholi turmush darajasi pasayadi.

Shundan kelib chiqib, “O‘zbekneftgaz” AJda sog‘lom va korrupsiyadan xoli ish muhitini shakllantirish, xodimlar va jamoatchilik o‘rtasida faol hamkorlik muhitini yaratish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi birlashaylik” deb nomlangan dasturni amalga oshirishga qaror qilindi. 

Shu tariqa, “O‘zbekneftgaz” AJ tizimida sog‘lom va korrupsiyasiz ish muhitini shakllantirish, jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi birlashaylik” dasturiga rasman start berildi.

Bu dastur orqali kompaniya tizimidagi tashkilotlarda korrupsiya holatlarining oldini olish, shaffoflikni ta’minlash, biznes jarayonlarda qonunbuzilishlarni bartaraf etishga doir choralar nazarda tutilgan. Shuningdek, har bir xodimga va keng jamoatchilikka murojaat qilish imkoniyatini yaratish asosiy vazifalarimizdan biri sifatida belgilandi, –dedi M.Ibodov.

“O‘zbekneftgaz” AJ korrupsiyaga qarshi kurashda faqat ichki nazorat vositalaridan foydalanish bilan cheklanib qolmasdan, jamoatchilik nazoratini ham faol yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutgan.

Korrupsiyaga oid holatlar, huquqbuzarliklar yoki shubhali faoliyatlar yuzasidan murojaatlarni qabul qilish maqsadida maxsus aloqa kanallari tashkil etilgan.

Aytish joiz, korrupsiyaga qarshi kurash – umumiy vazifa. Bu yo‘lda har bir fuqaroning faol ishtiroki hal qiluvchi ahamiyatga ega. Birgalikda faol jamoatchilik nazorati orqali halollikni ta’minlash va shaffof muhit yaratishga munosib hissa qo‘shish mumkin.

N.Ziyodullayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekneftgaz” AJ tizimida “Korrupsiyaga qarshi birlashaylik” dasturiga rasman start berildi