Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 15-turidan o‘rin olgan "Sho‘rtan" – "Qizilqum" klublari o‘rtasidagi o‘yin mehmon jamoaning muvaffaqiyati bilan yakunlandi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, mazkur bahsning 42-daqiqasida Roman Papariga gol urib, “Qizilqum”ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, “Sho‘rtan” vakili G‘anisher Qodirov 45+2-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Ilhom Vahobov 70-daqiqada mezbonlar darvozasini ishg‘ol etdi va jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi. Natijada “Qizilqum”ning ochkolari 15 taga yetdi. “Sho‘rtan” esa 10 ochko bilan qoldi.

Bugun, 4 iyul kuni "So‘g‘diyona" – "Qo‘qon-1912" va "Surxon" – "Buxoro" jamoalari bahsiga guvoh bo‘lamiz. Har ikkala o‘yin bir 20:00 da boshlanadi.

Shu o‘rinda, "So‘g‘diyona" – "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlar statistikasiga nazar tashlashni lozim topdik. Har ikkala klub milliy chempionatimiz doirasida jami 34 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, ularning 16 tasida “So‘g‘diyona” zafar quchgan bo‘lsa, 8 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan. “Qo‘qon-1912” 10 marotaba g‘alaba qozongan. To‘plar nisbati - 56/40 Jizzax klubi foydasiga. Ushbu jamoalar so‘nggi bor 2022 yilgi Superliga mavsumida o‘zaro o‘yin o‘tkazgan.

Darvoqe, ikkala jamoa bu yilgi mavsumni kutilganidek o‘tkaza olmayapti. Ular turnir jadvalida mos ravishda 13 va 14-o‘rinda bormoqda.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Qizilqum" muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi