Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan 2025 yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalarni olish uchun arizalar 10 iyul kuni soat 09:00 dan boshlab qabul qilinadi.
Subsidiya olish Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish orqali yoki elektron tarzda my.gov.uz (https://my.gov.uz/oz/service/325) portali orqali amalga oshiriladi.
- Ariza beruvchi va uning yaqin qarindoshlarining (bunda yaqin qarindoshlar arizada ko‘rsatilgan hollarda) o‘rtacha daromad miqdori quyidagi chegaralarda bo‘lishi zarur.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 3,12 million so‘mdan – 9,24 million so‘mgacha;
- Toshkent shahrida 3,12 million so‘mdan – 10,63 million so‘mgacha.
Subsidiya olish uchun quyidagilar talab etiladi:
- 30 balldan kam bo‘lmagan ijtimoiy reyting (ballar to‘g‘risida my.gov.uz saytida ma’lumot beriladi),
- Daromad chegaralari — viloyatlar va Qoraqalpog‘istonda 3,1 mln so‘mdan 9,2 mln so‘mgacha
— Toshkent shahrida: 3,1 mln so‘mdan 10,6 mln so‘mgacha bo‘lishi kerak.
Shuningdek, ariza beruvchi va turmush o‘rtog‘i nomida uy-joy bo‘lmasligi shart. Ijtimoiy himoyaga muhtojlar uchun alohida mezonlar mavjud.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA