Siyosiy mavqeidan tashqari ulkan mulk magnati ham hisoblangan Donald Tramp va Ilon Mask o‘zaro munosabat darz ketgandan bir oy o‘tib, “so‘z urushi”ni qayta boshladi.

"Euronews" nashriga ko‘ra, AQSH Prezidenti o‘z ma’muriyatidan "Tesla" egasini deportatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqishni so‘radi.

Kecha yana avj olgan tortishuv asnosida Tramp texnologiya qirolining o‘zi bir muddat oldin rahbarlik qilgan Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) Maskning "Tesla" va "SpaceX"ni birlashtirgan korxonalariga davlat tomonidan berilgan yirik subsidiyalarni ko‘rib chiqishini aytdi.

– Subsidiyalarsiz Mask, ehtimol, bozorini yopishi va uyiga – Janubiy Afrikaga qaytishiga to‘g‘ri kelar, – deya kinoya qilgan Qo‘shma Shtatlar yetakchisi.

Janubiy Afrika va AQSH fuqaroligiga ega milliarder qayta saylanish kampaniyasi payti Trampni qat’iy qo‘llab-quvvatlagan va evaziga DOGE loyihasi bilan taqdirlangan. Afsuski, bu ittifoqqa bir oy oldin darz ketdi.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kechagi do‘st - bugun dushman…