Tramp ma’muriyati siyosatiga mos keladigan, Amerika manfaatini olg‘a suruvchi xorijiy yordam dasturlari AQSH tomonidan qat’iy javobgarlik ostida amalga oshiriladi, deb yozdi “Kazinform” agentligi.

Davlat departamenti bayonotida aytilishicha, ma’muriyat minglab dasturlarni, o‘nlab yil davomida inflyatsiyaga moslashtirilgan 715 milliard dollardan ortiq xarajatni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqqan. Natijada Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Amerika manfaatini to‘laqonli ilgari sura olmagani ma’lum bo‘lgan.

Hisobotga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida cheklanmagan soliq to‘lovchilar byudjetidan noto‘g‘ri foydalanish qayd etilgan. Bu esa Amerika ta’sirini kuchaytirish o‘rniga mamlakatga qarshi kayfiyat kuchayishiga olib kelgan. Ya’ni, eng ko‘p yordam olgan davlatlar AQSHga umuman munosib javob bermagan. Masalan, 2023 yil Sahroi Kabir, Janubi-g‘arbiy Afrika 1991 yildan beri 165 milliard dollar olganiga qaramay, BMTning asosiy rezolyutsiyalari bo‘yicha atigi 29 foiz ovoz bergan. Xuddi shu davrda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaga 89 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritilgan bir payt AQSH Xitoyga nisbatan past qulaylik reytingida qolgan. Agentlik 1991 yildan buyon G‘azo va G‘arbiy Sohilga 9,3 milliard dollar sarflagan. Foyda oluvchilar orasida XAMAS ittifoqchilari minnatdorlik o‘rniga norozilik bilan javob bergan.

– Qabul qiluvchilarga ko‘rsatilayotgan yordam noma’lum NNT tarqatma qog‘ozi emas, balki Amerika xalqi sarmoyasi ekanini bilishlari kerak, – deyilgan hujjatda. – Bu samarasizlik davri rasman yakuniga yetdi. Tramp ma’muriyati rahbarligida nihoyat Amerikada milliy manfaatimiz birinchi o‘ringa qo‘yiladigan xorijiy moliyalashtirish missiyasiga ega bo‘lamiz. Amerikaliklar uzoq mamlakatlardagi muvaffaqiyatsiz hukumatlarni moliyalashtirish uchun soliq to‘lashga majbur emas. Kelajakda Amerika yordami maqsadli bo‘ladi va vaqt bilan cheklanadi. Endi o‘zlariga yordam berish qobiliyati bor va shunga tayyorligini ko‘rsatgan mamlakatlarga ustuvor ahamiyat beramiz. Barqaror xususiy sektorga, jumladan Amerika kompaniyalari va global investitsiyani o‘zini oqlaydigan sohalarga yo‘naltiramiz.

Avvalroq davlat kotibi Marko Rubio USAIDning xorijdagi barcha xodimlarini ishdan bo‘shatish to‘g‘risida buyruq chiqargani haqida xabar berilgan edi.

G.Sattorova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
USAID xorijiy yordamni rasman to‘xtatdi