Prezidentimizning "Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoniga ko‘ra, Kleshko Mixail Sergeyevich “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

– Bu mukofot nafaqat menga, balki suzishga kirib kelishimga sababchi bo‘lgan yaqinlarim va ustozlarim xizmatining ham e’tirofidir. Millatim rus, biroq men o‘zimni O‘zbekiston farzandi deb bilaman. Gulistonda o‘zbek tengdoshlarim bilan birga o‘qib, do‘stlashib, suzish sirlarini o‘rgandim. Davlatimiz rahbaridan minnatdorman, aynan ularning e’tibori bilan bugun suv sporti rivojlanmoqda. Bu esa men va menga o‘xshagan sportchilarga yangi ilhom va imkoniyatlar eshigini ochmoqda, – deydi Mixail Kleshko.

Guliston shahrida tug‘ilgan Mixail Kleshko so‘nggi ikki yilda milliy va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarni qayd etdi. Tirishqoq, izlanuvchan va intiluvchan bu yigit suzish sir-asrorlarini Guliston shahridagi maxsus basseynda malakali murabbiylardan o‘rgandi. Bu qiziqish uni mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etish va yurtimiz bayrog‘ini xalqaro arenalarda yuksaltirishga undadi.

Ayni paytda Mixail O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 2-bosqich talabasi, xalqaro toifadagi sport ustasi hisoblanadi.

O‘z sport faoliyatini mahalliy musobaqalarda boshlagan Mixail qisqa fursatda iste’dodi, mehnatsevarligi bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qabul qilindi. 2022-2025 yillarda u nafaqat yurtimiz, balki xalqaro arenalarda ham yuksak natijalarni qo‘lga kiritdi. 2024 yilda Filippinda o‘tkazilgan 11-Osiyo o‘yinlarida 50 metr chalqancha usulida suzish bo‘yicha bronza medali bilan taqdirlandi. Toshkentdagi O‘zbekiston ochiq chempionatida 50 va 100 metr masofada chalqancha usulda suzish bo‘yicha birinchi o‘rinni, Qozog‘istonda birinchi o‘rinni,  Tojikiston ochiq chempionatida esa chalqancha, krol va batterflyay usullarida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ayni shu davrda u mamlakatimizda 2009 yildan buyon saqlanib kelayotgan 50 metr chalqancha suzish bo‘yicha milliy rekordni — 25.93 soniya natija bilan yangiladi. Bu hammasi emas. 2024 yil dekabr oyida Vengriya poytaxti Budapeshtda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Mixail 50 va 100 metr masofalardagi bahslarda O‘zbekiston rekordini ikki karra yangiladi. Shu yilning o‘zida Sankt-Peterburgdagi “Salnikov kubogi”da 2017 yildan buyon yangilanmagan batterflyay usulidagi milliy rekordni 23.44 soniyalik natija bilan yangiladi. 2025 yilda Dubayda o‘tkazilgan xalqaro chempionatda Mixail o‘z  salohiyatini yana bir bor namoyon etdi. 50 metr batterflyay va chalqancha yo‘nalishlarida birinchi o‘rinni, krolda esa ikkinchi o‘rinni egalladi.  

Bu natijalar shunchaki raqamlar emas — ular ortida mashaqqatli mehnat, soatlab mashqlar, yuksak mas’uliyat mujassam.  

G‘ulom Primov,  

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gulistonlik mard o‘g‘lon