Iroq Vakillar palatasi raisi Mahmud Mashahdoniy Turkiyaga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Anadolu” axborot agentligi. Uni Turkiya prezidenti Rejep Toyyib Erdog‘an qabul qilgan.

Mashahdoniy Iroq va Turkiya o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi kerakligi xususida to‘xtalib, “Taraqqiyot yo‘li - strategik loyiha, bunda iqtisodiy hamkorlik muhim hisoblanadi. Lekin xavfsizlik sohasidagi hamkorlik juda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Biz butun Yaqin Sharq tinchlik, taraqqiyot va barqarorlik mintaqasi bo‘lishini istaymiz”, dedi matbuot anjumanida. 

Uning ta’kidlashicha, islom o‘lkalari o‘rtasida birlik bo‘lsa, G‘azo va Eronga hujumlar bo‘lmaydi. G‘azo sektorida ro‘y berayotgan turli ziddiyatlarga qarshi hech narsa qila olmasligini tilga olgan Mashahdoniy “Ayrim kuchlarning bizga hujum qilishiga sabab bo‘lgan narsa birdamlik yo‘qligidir”, degan. 

Siyosatchining fikricha, islom mamlakatlari bir-biri bilan o‘zaro munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishi kerak va bu yo‘lda Turkiya yetakchilik qilishi mumkin. Mahmud Mashahdoniy Turkiya bilan munosabatlari har doim yaxshi bo‘lganini eslatib, Iroq va Turkiyaning qo‘shni ekanligini, bir dinga e’tiqod qilishini, manfaati mushtarak ekanini ta’kidlagan. 

Uning aytishicha, Isroil va Eron o‘rtasidagi o‘t ochish to‘xtatilgani “vaqtinchalik tanaffus” xolos. Agar birdamlik bo‘lmasa, bunday holatlar yana takrorlanishiga ishora qilgan. Shuningdek, Mashahdoniy safar davomidagi uchrashuvlarda Iroq va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada chuqurlashtirishni taklif qilgan. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/I4sa11oXE2w" title="Mashahdoniy: Biz birlashishimiz kerak" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

K.Bekjonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mashahdoniy: Biz birlashishimiz kerak (+video)