Joriy yilda Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga chiqindi tashish xizmati bo‘yicha fuqarolardan ko‘plab norozilik murojaatlari kelib tushdi.

So‘nggi tekshiruvlar davomida chiqindi tashish xizmati uchun aholidan ortiqcha pul undirilgani ma’lum bo‘ldi. Jami 2 milliard so‘mga yaqin mablag‘ haqida gap ketmoqda. Bu holat ko‘plab fuqarolarda e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Hozirda mas’ul idoralar tomonidan ushbu mablag‘ni qaytarish yuzasidan aniq choralar ko‘rilmoqda.  

Xususan, Farg‘ona viloyatining Quva tumanidan tushgan o‘ndan ortiq murojaatlar tahlil qilinganda, xonadondan chiqindi tashib ketilmayotgani, aholining aniq soniga mos ravishda to‘lov belgilanmasligi va xizmatlarning belgilangan grafikda ko‘rsatilmasligi holatlari aniqlandi. Misol uchun, 2 nafar fuqaro istiqomat qilayotgan xonadondan chiqindi tashib ketilmagan va bundan tashqari, hisob-kitobda 5 kishi uchun haq undirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 fevraldagi  qarori bilan tasdiqlangan qoidaga asosan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishning tartibi va tariflarining o‘zgarganligi to‘g‘risida ushbu tariflar kuchga kirishidan o‘n besh kun avval xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning stendida, e’lonlar taxtasida e’lonlar osish yo‘li bilan, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali iste’molchini xabardor qilishga majburligi belgilangan.

Biroq “Tozalik Sanitar Servis” MCHJ tomonidan yangi tariflar aholiga o‘z vaqtida e’lon qilinmagan holda qo‘llanilganligi tufayli 2024–2025 yillar mobaynida Quva tuman filiali tomonidan yuqori tarif qo‘llanilishi natijasida 264 million so‘mdan ortiq, Farg‘ona shahar filiali tomonidan 17 million so‘mga yaqin mablag‘lar ortiqcha hisoblanganligi aniqlandi.

 Shuningdek, Quva tumanidagi Baynalminal, Jalayer, Iftixor, Katta Qashqar, Mustaqillik, Namuna, Sufi MFYlariga Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 fevraldagi 95-sonli qaror talablari asosida xizmat ko‘rsatilmaganligi natijasida 1,7 milliard so‘mdan ziyod ortiqcha mablag‘ hisoblanganligi ma’lum bo‘ldi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Farg‘ona viloyatida bugungi kunda chiqindilarni tashish xizmatidan aholidan jami 2 milliard so‘mdan ortiq haq undirilganligi alomatlari mavjudligi aniqlanib, asossiz undirilgan mablag‘ni iste’molchilarga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Zero, fuqarolarning haq-huquqini himoya qilish — har qanday xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning birinchi vazifasi. Asossiz undirilgan mablag‘larni qaytarish esa adolatni tiklash yo‘lida muhim qadamdir. Bu kabi choralar aholining davlatga, tizimga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.

N.Rahmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholidan asossiz undirilgan mablag‘ qonuniy tarzda qaytariladi