Xiva shahrida davom etayotgan Birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumida O‘zbekiston Senati Raisi Tanzila Norboyeva parlamentlar o‘rtasidagi aloqalar ko‘lami kengayib borayotganiga e’tibor qaratdi. Bu yuqori darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

– Parlament rahbarlarining o‘zaro uchrashuvlari muntazam tus oldi, – dedi T.Norboyeva. – Ammo, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmagan. Shu bois, hamkorligimizning istiqbollarini belgilab olishimiz kerak. Bizningcha, parlamentlararo komissiya tuzish hamkorligimizdagi yangi bosqich bo‘ladi. Ushbu komissiya iqtisodiy va ijtimoiy siyosat, ayollar va yoshlar huquqlarini himoya qilish, ekologik nazorat sohalarida qonunlarni muvofiqlashtirish mexanizmlarini yaratadi. Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishni parlament nazorati orqali ta’minlash va bu borada tegishli qo‘mita va kotibiyatlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish maqsadga muvofiq. Hududiy parlamentlar (kengashlar va belediyalar) o‘rtasida tajriba almashish mexanizmini joriy etish zarur. 

Barqaror rivojlanish kun tartibini birgalikda ilgari surish kerak. Bunda inklyuziv va sifatli ta’lim, gender tengligi, ekologiyani muhofaza qilish, “Yashil iqtisodiyot” va barqaror energetikaga o‘tish joiz. 

Xalqaro va mintaqaviy parlament tuzilmalari doirasidagi hamkorlik – PI, TurkPA, IHT, YeXHT PA va MDH PA kabi tuzilmalarda hamkorlik chuqurlashtiriladi. Milliy manfaatlarni himoya qilishda muvofiqlashtirilgan pozitsiyalar shakllantiriladi. 

Madaniy-gumanitar tadbirlar kengaytirilib, yoshlar va ta’lim almashinuvi, madaniyat, ilm-fan, tarixiy merosni muhofaza qilish sohalaridagi hamkorlik, madaniy kunlar, kinofestivallar va ko‘rgazmalar tashkil etiladi. 

– Bugungi tadbirda parlament a’zolari bilan birga kotibiyat vakillarining ishtirok etayotgani ham muhim ahamiyatga ega. Bu uchrashuv muntazam tus olishi kerak. Birinchi O‘zbekiston - Ozarbayjon parlamentlararo forumi – bu tarixiy voqea va o‘zaro sheriklikning yangi bosqichi. Bu uchrashuv yaqin do‘stlik, strategik ittifoqchilik asosidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonaman. Forum yakunlarida amaliy takliflar ishlab chiqiladi va bu Xiva deklaratsiyasida aks etadi, – dedi Senat Raisi. 

Norgul Abduraimova,

Bekzodbek Saidov (surat),

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Ozarbayjon o‘rtasidagi oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish parlament nazorati orqali ta’minlanadi