Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi. Dastlab “Huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.

So‘nggi yillarda yangi tartib-taomillarni hayotga joriy etishdan oldin ularni tajriba-sinov tarzida qo‘llash amaliyoti kengayib bormoqda. Tahlillarga ko‘ra, 2018-2024 yillar davomida davlat boshqaruvi, sog‘liqni saqlash, soliq, uy-joy, investitsiya kabi sohalarda 60 dan ortiq eksperimentlar o‘tkazilgan.

Qonun loyihasida huquqiy eksperiment o‘tkazish shakllari va usullari, uni tashkil etish va o‘tkazish shartlari, huquqiy eksperiment natijalarini baholash tartibi va ularni rasmiylashtirish bo‘yicha talablar belgilanmoqda. Shuningdek, muayyan tartib-taomilni huquqiy eksperimentdan o‘tkazish vaqt, hudud va shaxslar doirasi bo‘yicha olib borilishi, shuningdek, huquqiy eksprimentni o‘tkazish bosqichlari nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida kelib tushgan taklif va fikrlar e’tiborga olinib, loyiha matniga zaruriy o‘zgartish va aniqliklar kiritildi. Xususan, cheklangan sohalarning umumiy mezonlari aniqlashtirildi, insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini cheklaydigan, bekor qiladigan yoki yomonlashtiradigan eksperimentlarga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilandi.

Huquqiy ekperiment o‘tkazishdagi vakolatli organlar roli kengaytirildi. Vazirlar Mahkamasining muvofiqlashtiruvchi roli aniq belgilab qo‘yilmoqda. Davlat organlari vakolatlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining huquqiy eksperimentda ishtiroki alohida bobda aks ettirildi. Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Deputatlar tomonidan muhokama qilingan navbatdagi hujjat “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘ldi.

Qayd etilishicha,rieltorlik faoliyatini tartibga solish sohasida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni zamonaviy tendensiyalarga va qonunchilikdagi o‘zgarishlarga muvofiqligini o‘rganish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonun loyihasini ishlab chiqish zarurati yuzaga kelmoqda.

Shundan kelib chiqib, ushbu qonun loyihasi bilan norasmiy vositachilarning (makler) “soyadan” chiqarishda rag‘batlantiruvchi chora sifatida yakka tartibdagi tadbirkor va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga “ko‘chmas mulk bo‘yicha agent” sifatida rieltorlik faoliyatini yuritishga ruxsat berish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, bankdan tashqari aylanmani, shu orqali yashirin iqtisodiyotning qisqarishi va rieltorlik xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatish maqsadida ko‘chmas mulk ob’ektlarining elektron savdosini hamda hisob-kitoblarni elektron shaklda amalga oshirish (kliring) imkonini beruvchi multilisting tizimlarini (elektron savdosini) tashkil etish belgilanyapti.

Loyiha bilan rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari o‘rnini kengaytirish, ularga yangi vazifalar va vakolatlar berish ham taklif etilmoqda. Shuningdek, rieltorlik sub’ektlarining to‘g‘ri hisobini yuritish, ular haqida jamoatchilikka ochiq axborot yetkazish va samarali monitoringni yo‘lga qo‘yish maqsadida aholi uchun ochiq bo‘lgan rieltorlik sub’ektlarining “Yagona reyestri” axborot tizimini joriy etish belgilanmoqda.

Majlisda deputatlar qonun loyihasining ahamiyati va zaruratiga alohida e’tibor qaratib, unda nazarda tutilayotgan ayrim normalar bo‘yicha bir qator savollarni o‘rtaga tashlashdi. Qonun tashabbuskorlari berilgan barcha savollar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berdilar.

Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi rieltorlik faoliyati sohasidagi xizmatlar sifatini oshirish, rieltorlik sub’ektlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash, sohada yashirin amaliyotlarni qisqartirishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi va Senatga yuborildi.

N.Nasriyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Huquqiy eksperiment o‘tkazish tartiblari belgilanmoqda