Qozog‘istonning Aktobe shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan “Dvorkovich Memorial-2025” turnirining "Masters" guruhida ishtirok etgan mahoratli shaxmatchimiz Afruza Hamdamova 51 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi. Bu orqali o‘zining ayollar o‘rtasida Xalqaro grossmeyster talabini hamda xalqaro toifadagi sport ustasi ikkinchi normasini bajardi.

Bevosita o‘yinlar sarhisobiga to‘xtaladigan bo‘lsak, “Dvorkovich Memorial-2025” turnirining "Masters" guruhida 20 ta davlatning 70 nafarga yaqin mahoratli shaxmatchilari 9 ta turdan iborat o‘yinlarda g‘oliblik uchun dona surishdi.

Mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSH dollaridan iborat turnir davomida Hamdamova 4 ta g‘alaba, 3 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat holatida 5,5 ochko bilan kuchlilar orasida 16-o‘rinni egalladi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Afruza Hamdamova “Dvorkovich Memorial-2025”da muhim natijaga erishdi