Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 14-turi doirasidagi so‘nggi bahsda OKMK va "Surxon" klubi di.

Uchrashuvning 58-daqiqada Asilbek Jumayev gol urib, “Surxon” jamoasini oldinga olib chiqdi. OKMK vaziyatni o‘nglashga harchand urinmasin mazkur hisob o‘zgarmadi va mehmonlar 0:1 hisobida zafar quchdi.  

Shu tariqa, o‘z yakuniga yetgan Superliganing mazkur turidan so‘ng “Nasaf” 32 ochko bilan jadvalda yetakchi bo‘lib qoldi. Ushbu jamoani 28 ochko jamg‘argan “Dinamo” ta’qib etmoqda. “Navbahor” esa 26 ochko to‘plab uchinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

“Bunyodkor”, “Neftchi” va OKMK hisobida bir xil - 24 tadan ochko bo‘lib, bu jamoalar 4-6 o‘rinlarga joylashdi. Ular ortidan esa “Paxtakor” 23 ochko bilan 7-pog‘onada bormoqda. Superliganing 8-9 o‘rinlarida “Andijon” va “Surxon” jamoalari qayd etilgan bo‘lsa, “Mash’al” 15 ochko jamg‘arib, kuchli o‘nlikni yakunlab bermoqda.

Shuningdek, “Xorazm” va “Qizilqum” 14 ochkoga ega bo‘lgan holda 11-12 pog‘onaga joylashdi. “So‘g‘diyona” 13 ochko bilan 13-pog‘onada qoldi. “Qo‘qon-1912” hamda “Buxoro” 12, “Sho‘rtan” 9 ochko to‘plab 14-16 o‘rinlarni band etmoqda.

Darvoqe, ushbu jamoalar orasida “Dinamo” va “Neftchi” qolgan klublarga nisbatan bittadan o‘yin kam o‘tkazgan va ushbu uchrashuv o‘tkazilgandan so‘ng, jadvaldagi joylashuv o‘zgarishi mumkin.

O‘tgan 14 ta tur mobaynida jami 10 ta gol urgan “Paxtakor” klubi a’zosi Igor Sergeyev to‘purarlar ro‘yxatida yaqqol karvonboshilik qilmoqda. Uning ortidan Husayn Norchayev (“Nasaf”) 8 gol bilan bormoqda. Lyupcho Doriyev (“So‘g‘diyona”) va Abbos G‘ulomov (“Navbahor”) esa 7 ta gol urgan holda keyingi pog‘onada qayd etilgan.

Superliganing 15-tur uchrashuvlari 3-7 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superliga: OKMK mag‘lub bo‘ldi