O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida Toshkent shahrida “Qishloq xo‘jaligi siyosatida gender tengligi – barqaror qishloq rivojlanishining asosi” mavzusida yuqori darajadagi Milliy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati a’zolari, Qishloq xo‘jaligi, Iqtisodiyot va moliya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, xalqaro tashkilotlar, nodavlat institutlar, ilmiy doiralar, fermerlar hamda agrar oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi.

Tadbir O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha ilk bor tasdiqlangan 2025–2030 yillarga mo‘ljallangan Gender strategiyasi taqdimotiga bag‘ishlandi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining texnik ko‘magida ishlab chiqilgan mazkur hujjat ayollarning yerga egalik huquqi, moliyaviy xizmatlardan foydalanish, rahbarlik lavozimlaridagi ishtiroki va qaror qabul qilishdagi rolini kengaytirishga qaratilgan.

Xulosa qilib aytganda, mazkur Milliy muloqot O‘zbekistonning gender tengligi borasidagi xalqaro majburiyatlariga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligida ayollar ishtirokini kuchaytirish, resurslardan foydalanishda tenglikni ta’minlash va sektorlararo hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida yangi bosqichga yo‘l ochdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/c5fNWJ5H5zI" title="Qishloq xo‘jaligida gender tengligi bo‘yicha milliy muloqot o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligida gender tengligi bo‘yicha milliy muloqot o‘tkazildi (+video)