Ma’lumki, mamlakatimizda geoinformatsion infratuzilmani takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va raqamli xizmatlar sifati hamda qamrovini kengaytirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, “Milliy geografik axborot tizimini yaratish” investitsiya loyihasi doirasida 2018 yilda ishlar boshlangan bo‘lib, dastlabki bosqichda 50 ta global navigatsion sun’iy yo‘ldosh tizimi (GNSS) stansiyasi ishga tushirildi.  

Mazkur stansiyalar dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan biri – Leica Geosystems kompaniyasining GR50 rusumli yuqori aniqlikdagi qabul qiluvchi qurilmalari bilan jihozlangan. Tizimda Spider dasturiy ta’minoti o‘rnatilgan bo‘lib, u 60 tagacha stansiyani markazlashgan holda boshqarish va 500 tagacha foydalanuvchini uzluksiz ravishda ulash imkonini beradi.  

Hozirgi kunda ushbu dastur orqali Kadastr agentligining 50 ta hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining 10 ta GNSS stansiyasi samarali boshqarilmoqda. Tizim orqali real vaqt rejimida 500 tagacha abonentga yuqori aniqlikdagi geoma’lumotlar asosida xizmatlar ko‘rsatilmoqda.  

Loyihaning navbatdagi bosqichida, ya’ni 2025-2026 yillar davomida yana 80 ta GNSS stansiyasini xarid qilish va ularning umumiy sonini 130 taga yetkazish rejalashtirilgan.  

Mazkur jarayon doirasida Kadastr agentligi mablag‘lari hisobidan 80 ta yangi geodeziya punkti qurildi va zamonaviy talablar asosida uskunalarni saqlash xonalari tayyorlandi. Shuningdek, ularni O‘zbekiston Respublikasi davlat geodeziya tarmog‘iga integratsiyalash maqsadida zaruriy o‘lchov va bog‘lov ishlari ham to‘liq amalga oshirildi.  

Bu kabi keng ko‘lamli va tizimli chora-tadbirlar nafaqat yer resurslaridan oqilona foydalanish, balki raqamli iqtisodiyot, urbanizatsiya va infratuzilma loyihalarini ilmiy asosda boshqarish imkonini berishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.  

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA

--0--

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda 50 ta global navigatsion sun’iy yo‘ldosh tizimi stansiyasi ishga tushirildi