Garvardning Jon Kennedi nomidagi hukumat maktabi federal moliyalashtirish miqdori qisqarishi ortidan kelasi hafta ba’zi xodimlarini ishdan ozod qiladi, deya xabar tarqatdi “Fox News” telekanali dekan Jeremi Vaynshteynning elektron pochtasiga tayanib.

- Bu juda qiyin vaqt va biz vaziyatdan chiqish uchun qo‘limizdan kelgan barcha sa’y-harakatni qilyapmiz, - deyilgan maktubda. - Maktab va universitet misli ko‘rilmagan qiyinchilikka duch kelgani uchun shu qadam qo‘yilishi kerakligidan juda afsusdaman.

Ishsiz qolayotganlarning aniq soni hali noma’lum.

AQSH Ta’lim vazirligi 15 aprel kuni Garvard universitetiga ajratiladigan 2,2 milliard dollarlik grant qisqarishini e’lon qilgan.

Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem 22 may kuni mazkur oliy o‘quv yurti xorijlik talabalarni qabul qilish huquqidan mahrum bo‘lishi va hozir tahsil olayotgan barcha chet ellik talabalar boshqa universitetlarga o‘tishi kerakligini aytgan.

Avvalroq Prezident Donald Tramp chet ellik talabalar ko‘pligidan xavotir bildirib, o‘rinlarning uchdan bir qismini xorijliklar egallashi, bu Amerika fuqarolarining mamlakatdagi yetakchi ta’lim muassasasida o‘qish imkonini cheklashiga urg‘u bergan. Shuningdek, universitet uchun grant yordami qisqarishi zarurligiga ishora qilib, Garvardni antisemitizm kayfiyatiga berilib ketganlikda aybladi. Ishonchlilikni tekshirish uchun chet ellik talabalar ro‘yxatini tuzishga ko‘rsatma berdi.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Garvard xodimlarini bo‘shatadi