Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHning 22 iyun kuni Erondagi yadroviy obektlariga bergan zarbasini ma’qulladi. Siyosatchi Roosiya Ukraina hududlarini Eronning Shahed dronlari bilan nishonga olayotganini eslatib o‘tdi.

”Ukraina osmoniga Shahed dronlarining yangi to‘lqinlari yog‘ilmoqda. Rossiya bunday qurollarni qayerdan olganini hammamiz yaxshi eslaymiz. Eronning Rossiyani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qarorlari mamlakatimiz va boshqa ko‘plab davlatlar uchun ulkan vayronagarchilik va yo‘qotishlarga olib keldi. Bunga nuqta qo‘yish kerak. Urushga yadro quroli mutlaqo aralashmasligi kerak”, degan edi Zelenskiy.

AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Tramp tomonlar “12 soatga to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga” kelishib olgani, shundan so‘ng urush tugagan deb hisoblanishini aytgandi. Biroq Eron tashqi ishlar vaziri bu borada hech qanday kelishuv bo‘lmaganini ta’kidladi. Abbos Aroqchi o‘z bayonotida “Isroil Eronga qarshi urush boshlaganini, aksincha emas”ligini qayd etdi.

Biroq keyinroq Eron o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sulhga erishilgach, Isroilni hujumlarni to‘xtatishga va mag‘lubiyatini tan olishga majbur qilganini ta’kidladi. Eron va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish Toshkent vaqti bilan 10:00 da kuchga kirdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin jamoat joylaridagi belgi, ko‘rsatkich, ma’lumot peshtaxtalari va boshqa vizual axborot vositalarida xorijiy so‘zlardan foydalanishni taqiqlovchi qonun chiqardi. Ushbu qaror matni Qonun hujjatlari rasmiy portalida e’lon qilingan. Yangi qoidalar 2026 yil 1 martdan kuchga kirishi aytilgan. Qonun “rus tilini davlat tili sifatida himoya qilish”, xorijiy tillardan o‘zlashtirish darajasini pasaytirish va “zamonaviy adabiy til me’yorlari”ga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan.

Rossiyada maktabga bormaydigan migrant bolalarni oilasi bilan mamlakatdan chiqarib yuborish taklif qilindi. Rossiya prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyati va inson huquqlarini rivojlantirish kengashi raisi Valeriy Fadeyev shunday taklifni ilgari surdi.  

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada 785 593 nafar “voyaga yetmagan chet el fuqarosi” istiqomat qiladi. Ammo ulardan faqat 192 254 nafari Rossiya muassasalarida ta’lim olayotganlar sifatida ro‘yxatga olingan.

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Isroil bilan 12 kunlik urush davomida ko‘rilgan zarar “jiddiy” ekanini ta’kidladi. Aroqchi urushda ko‘rilgan zarar hozirda Eron Atom energiyasi tashkiloti tomonidan baholanayotganini aytmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/AkrA8hodRw8" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Iskandar Ismatov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)