Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 14-turi doirasida "Navbahor" — "Mash’al" va"Qizilqum" — "Neftchi" uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvning "Qizilqum" – "Neftchi" uchrashuvi 1:1 hisobida o‘z nihoyasiga yetdi."Navbahor" esa o‘z maydonida "Mash’al" darvozasiga javobsiz 6 ta gol urgan holda g‘alaba qozondi. Natijada, “Navbahor” 26 ochko bilan hozircha uchinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, “Neftchi” 24 ochko jamg‘arib 5-o‘ringa joylashdi. “Qizilqum” jamoasi ochkolarini 14 taga yetkazib oldi va 11-o‘rinda qayd etildi. “Mash’al” 15 ochko bilan 9-o‘rinda qoldi.

Bugun, 29 iyun kuni "Buxoro" — "Sho‘rtan" bahsi soat 20:00da boshlansa, "Bunyodkor" — "So‘g‘diyona" klublari o‘rtasidagi to‘qnashuv 19:00 da start oladi. 14-tur uchrashuvlarini ertaga, 30 iyun kuni OKMK va "Surxon" o‘yini yakunlab beradi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA