So‘nggi yillarda mamlakatimizda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi o‘zini ko‘rsata boshladi. Ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va xalqaro reytinglarda munosib o‘rin egallash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar natijasida yurtimiz oliy ta’lim muassasalari global maydonda faol ishtirok etmoqda. Jumladan, Times Higher Education Impact Rankings 2025 reytingida O‘zbekistonning 59 ta OTMsi ishtirok etdi va ularning aksariyati turli yo‘nalishlarda ijobiy natijalarni qayd etdi.

Ushbu reytingda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti yetakchi o‘rinlardan birini egallab, O‘zbekiston OTMlari orasida ajralib turdi. Universitet umumiy 80,5 ball bilan 2318 ta oliy ta’lim muassasasi orasida 201-300-o‘rinlar qatorida joy oldi, deb xabar qilmoqda mazkur oliygoh axborot xizmati.

Ayniqsa, gender tengligini ta’minlash yo‘nalishida ToshDO‘TAU jahon universitetlari orasida TOP-20 talikka kirib, yuqori ko‘rsatkichga erishdi. Sifatli ta’lim berish (SDG 4) bo‘yicha esa 23-o‘rin, qashshoqlikka barham berish (SDG 1) bo‘yicha 101–200-o‘rinni egalladi.

Bor-yo‘g‘i 9 yil avval tashkil etilgan ToshDO‘TAU qisqa vaqt ichida nafaqat respublika, balki xalqaro reytinglarda ham o‘z o‘rnini topdi. Universitet BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq ravishda ilmiy-tadqiqot, ijtimoiy mas’uliyat va ta’lim sohasida izchil faoliyat yuritmoqda.

Ta’kidlash joizki, ToshDO‘TAU 2022-yilda ushbu reytingda 800+ o‘rinlar qatorida qayd etilgan bo‘lsa, 2023 yilda 600+ o‘rinlar, 2024 yilda esa 301-400-o‘rinlar oralig‘ida edi. 2025 yilgi reytingda esa yanada yuqori natijalarga erishgan universitet bugungi kunda mamlakatimizdagi yetakchi OTMlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Bu kabi natijalar O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining global miqyosda raqobatbardosh bo‘layotgani va amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy samarasini yaqqol namoyon etmoqda.

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
59 ta oliy ta’lim muassasasi THE Impact Rankings 2025 reytingiga kirdi