Vatanimiz tarixidagi 29 iyun sanasi bilan bog‘liq boshqa ayrim qiziqarli voqealar bayoni.

Yurtimizda iyun oyining oxirgi yakshanbasi – O‘zbekiston Respublikasi savdo, matlubot kooperatsiyasi va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Mazkur kunni belgilash to‘g‘risidagi Qonun 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan. Yuqoridagi soha xodimlari o‘z kasb bayramlarini ilk bor o‘sha yilning o‘zidayoq nishonlaganlar.

1405 yil (bundan 620 yil oldin) – tarixchi Fasih Xavofiyning yozishicha, Amir Temurning katta qizi malika Og‘o begimning yigirma besh yoshli o‘g‘li Sulton Husayn o‘zining yigirma bir yoshli tog‘avachchasi Xalil Sultonga qarshi Shahrisabz yaqinidagi Jigdolik mavzesida jang qildi (tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy bu voqeaning 6 iyulda yuz berganini yozgan). Amirlar Arg‘unshoh va Ollohdodlarning o‘z qo‘shinlari bilan Xalil Sultonga qo‘shilishi natijasida Sulton Husayn mag‘lubiyatga uchradi va jang maydonini tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. 

1922 yil (bundan 103 yil oldin) – Rossiya va Xorazm respublikalari o‘rtasida Toshkent shahrida yangi Iqtisodiy bitim imzolandi. Shartnomani Rossiya tomonidan Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Xalq komissarlar sovetining Turkiston ishlari bo‘yicha komissiya raisi, Rossiya tashqi ishlar xalq komissarligining O‘rta Osiyo bo‘yicha Maxsus vakilining o‘rinbosari, Xorazm tomonidan Xalq nozirlar kengashi raisi imzoladi.

1926 yil (bundan 99 yil oldin) – O‘zbekiston Davlat Siyosiy boshqarmasi raisi o‘rinbosari Gofetskiy Kompartiya Markaziy Qo‘mitasi O‘rta Osiyo byurosi raisi Zelenskiyga maxsus maxfiy ma’lumotnoma yubordi. Tarixchi Sotimjon Xolboyevning yozishicha, mazkur maxfiy hujjatda quyidagilar kayd etilgan: “Amir Fransiya bankidagi o‘z pulini olish uchun inqilobdan so‘ng o‘ziga eng yaqin Yusufbiy Muqumboyevni Qobuldan Parijga yuboradi... Yusufbiyga yuklangan asosiy vazifa Parijdagi 190 million so‘m oltin pulni amirga qaytarish uchun Fransiya hukumatining roziligini olish bo‘lgan. Fransiya hukumati esa bu sarmoyaga Buxoro sovet hukumati merosxo‘r sifatida da’vogarlik qilishi ehtimoli borligini baxona qilgan holda rozilik bermaydi”.

Yuqoridagi hujjatning o‘zida ta’kidlanishicha, Parijdagi sarmoyaga tegishli hujjatlar amir Sayyid Olimxon Buxoroni shoshilinch ravishda tashlab chiqishi paytida yo‘kolgan. Bu esa amirning bankdagi boylikka egalik huquqini ancha chigallashtirgan. Aslida esa bu boylik Buxoro kommunistlar tomonidan bosib olinishidan ancha oldin qonuniy asosda amirning xususiy mulki, shaxsiy jamg‘armasi sifatida bankka qo‘yilgan. Boshqa bir xatga ko‘ra sobiq amir Olimxon Parijdagi sarmoyasining ma’lum bir qismini olishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Buxoroning 1920 yilda taxtdan ag‘darilgan so‘nggi amiri Olimxon hukmdorlik davrida savdo va boshqa iqtisodiy aloqa yo‘llari bilan chet el banklariga foyda olish uchun juda katta miqdorda sarmoya qo‘ygan xamda savdo va ishlab chiqarish uchun xorijga oltin hisobida investitsiyalar kiritgan. Masalan, Fransiya, Angliya, Hindiston, Pokiston va Rossiya banklariga o‘tkazilgan boyliklar shular jumlasidandir. Amirning bu tadbirlarini tasdiqlagan holda, uning o‘g‘li Sayyid Mansur Olimiy shunday yozgan edi: “Amir Olimxon o‘ziga qolgan barcha mulklarni, million-million dollarlarni xorij banklariga qo‘ydi”.

1993 yil (bundan 32 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Amir Temur haykalini yaratish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unda jahon tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk davlatning asoschisi, Sharqning ulug‘ sarkardasi, ilm-fan tashkilotchisi va homiysi, milliy madaniyat va me’morchilik san’atini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan shavkatli sohibqiron Amir Temur xotirasini abadiylashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining ikki yilligi munosabati bilan Toshkent shahrida Amir Temur haykali o‘rnatilishi belgilandi.

1996 yil (bundan 29 yil oldin) – O‘zbekistonda Olimpiya o‘yinlariga bag‘ishlangan “Olimpiada – 96” pochta markalari turkumi tayyorlanib, muomalaga chiqarilgani to‘g‘risida xabar e’lon qilindi. Markalarda sportning futbol, ot sporti, boks va velosport singari ommaviy turlari tasvirlangan. Marka rasmlarini rassom Yu. Levinskiy ishlagan.

1999 yil (bundan 26 yil oldin) – Andijon viloyatida Xo‘jaobod yerosti gaz omborining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

2008 yil (bundan 17 yil oldin) – Toshkentda “Fidokorlar” va “Milliy tiklanish” partiyalarining birlashuv qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Yangi tashkil qilingan partiya o‘z faoliyatini “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi nomi bilan amalga oshiradigan bo‘ldi. Qurultoyda g‘oyasi va maqsadlari o‘zaro yaqin bo‘lgan ushbu ikki partiyani birlashtirish ularning dasturiy vazifalarini samarali hal etishning yangi siyosiy va tashkiliy imkoniyatlarini yaratishi, birlashgan partiyalarga o‘z elektorati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan hamda katta salohiyatga ega bo‘lgan yetakchi siyosiy kuchlardan ekanini ko‘rsatish imkonini berishi ta’kidlandi.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jizzax shahrida «Sambhram» universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2022 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. 

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amir Olimxon Parij bankiga qo‘yilgan boyliklarini qaytarib ololganmi?