Turkiyada o‘tayotgan xalqaro tennis turnirida Amir Milushev va Milana Maslenkova mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.

Jumladan, Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan M15 tasnifiga kiruvchi ushbu musobaqaning ikkinchi davrasida Amir Milushev turkiyalik Birtan Duranga qarshi kortga chiqdi va 6:4, 6:3 hisobida zafar quchgan holda chorak finalda boshqa bir mezbon tennischi Arda Azkara bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.

Musobaqaning ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarida Milana Maslenkova ikkinchi bosqichda neytral tennischi Edda Mamedovaga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Uchrashuvda hisob 2:1 bo‘lib turgan vaziyatda Edda bahsni davom ettira olmasligini e’lon qildi va mag‘lubiyatini tan oldi.  

Shu tariqa, chorak finalga yo‘l olgan Milana latviyalik Adelina Lachinova bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milana Maslenkova Turkiyada chorak finalga chiqdi