Joriy yilning 29 avgust kunidan 8 sentyabr kuniga qadar futbol bo‘yicha "CAFA Nations Cup – 2025" musobaqasi O‘zbekiston va Tojikiston mamlakatlarida o‘tadi.
Bu yilgi nufuzli musobaqada O‘zbekiston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Ummon va Malayziya terma jamoalari ishtirok etishi tasdiqlandi. "CAFA Nations Cup – 2025" turniri uchun qur’a tashlash marosimi 3 iyul kuni Dushanbe shahrida o‘tkaziladi.

Mazkur turnir ikki guruhga bo‘lingan holda o‘tkaziladi. Jumladan, “A” guruhidagi o‘yinlarga mamlakatimiz mezbonlik qilsa, “B” guruhi bahslari Tojikistonda bo‘lib o‘tadi.
Katta ehtimol bilan musobaqa finali O‘zbekistonda tashkil etilishi kutilmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA