Tokioning Minato tumanida 24 soat faoliyat yurituvchi Lawson do‘konlar tarmog‘i yangi texnologik do‘kon ochdi. Ushbu do‘kon xaridorlarga xizmat ko‘rsatishda sun’iy intellekt va robot texnologiyalaridan keng foydalanilishi bilan ajralib turadi.

Do‘konda o‘rnatilgan SI tizimi xaridorlarning xatti-harakatlarini kuzatib, ularning ehtiyojlarini tahlil qiladi hamda shaxsiylashtirilgan mahsulot tavsiyalarini beradi. Shuningdek, mijozlarga ovqat tayyorlashda xizmat ko‘rsatadigan robot-oshpazlar ham joriy etilgan. Bu robotlar tez tayyorlanadigan taomlarni sifatli va xavfsiz tarzda tayyorlashga qodir.

Yangi tizimda KDDI Corp. kompaniyasining raqamli texnologiyalaridan foydalanilgan. Lawson do‘konni sinov maydonchasi sifatida ishga tushirgan bo‘lib, dastlab texnologiyalarning samaradorligini baholaydi. Sinov natijalari ijobiy bo‘lsa, kompaniya bu texnologik yechimlarni butun mamlakat bo‘ylab o‘z do‘konlarida tatbiq etishni rejalashtirgan.

Yaponiya do‘konlarida sun’iy intellekt va robotlar ishtirokini kengaytirish orqali xarid tajribasini zamonaviylashtirish, inson resurslariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsad qilinmoqda.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/OEdPUDOfZrU" title="Yaponiyada sun’iy intellekt va robotlar ishtirokida zamonaviy do‘kon ishga tushirildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada sun’iy intellekt va robotlar ishtirokida zamonaviy do‘kon ishga tushirildi