Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini ta’minlash, vakillik organlari nazoratining samarali va ta’sirchan mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish borasida tizimli sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, yangilangan Konstitutsiyadan kelib chiqib, “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 23 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Bu farmon mahalliy darajada davlat hokimiyatini transformatsiya qilish, tom ma’noda xalqchil tizimni joriy etishga qaratilgan muhim siyosiy islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Hujjat bilan yangilangan Konstitutsiyada mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlari bir-biridan ajratilishi belgilanganidan kelib chiqib, “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilini ro‘yobga chiqarish borasida asosiy maqsadlar belgilandi. Ularga erishish, mahalliy vakillik organlari faoliyatini bosqichma-bosqich rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi hamda ushbu konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha 7 ta ustuvor йўналishдан iborat 53 ta chora-tadbirni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Unga asosan, byudjet loyihasini ishlab chiqishda mahalliy byudjet xarajatlarining muayyan qismini mahalliy Kengash deputatlarining bevosita tashabbusi asosida shakllantirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish, hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda deputatlarning ishtirokini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Mahalliy Kengashlar qoshida Yoshlar hamda Maslahat guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish, “Mahalliy Kengash rayosati”, “Kengash raisi o‘rinbosari” institutlarini joriy etish belgilandi. Konsepsiya doirasida hokim o‘rinbosarligiga nomzodlarni mahalliy Kengash doimiy komissiyalarida dastlabki tarzda muhokama qilish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining ayrim muhim ijtimoiy masalalar yuzasidan axborotlarini eshitish bo‘yicha “Kengash soati” institutini joriy etish, fuqarolarning mahalliy Kengash sessiyasi ishini bevosita kuzatishi bo‘yicha tizimni yo‘lga qo‘yish nazarda tutilmoqda.

Shu bilan birga, saylov huquqiga ega bo‘lgan kamida ming nafar fuqaroning tuman (shahar) Kengashiga, kamida 5 ming nafar fuqaroning viloyat (Toshkent shahar) Kengashiga ko‘rib chiqilishi shart bo‘lgan elektron murojaat kiritish huquqining berilishi Kengashlar tomonidan qarorlar qabul qilishda bevosita fuqarolar ishtirokini oshirishga xizmat qiladi.

Mahalliy Kengashlarga ular ishtirokida lavozimga tayinlanadigan mansabdor shaxslarning odob-axloq normalariga rioya qilishini nazorat qilish vakolati ham berilmoqda, shu bilan birga, deputatlarning maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada кучайтирishга oid qator choralarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. 

Bundan tashqari, “qulaylik – soddalik – xavfsizlik” tamoyili asosida mahalliy Kengashlar faoliyatini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini bosqichma-bosqich tatbiq etish kabi choralarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda. 

Muhim jihatlardan yana biri shu bo‘ldiki, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tashabbuskorligini yanada oshirish maqsadida qo‘shimcha 4 tavakolatni mahalliy Kengashlarga o‘tkazish bo‘yicha takliflar ma’qullandi. Xususan:

- davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini belgilash;

- dafn etish joylarini saqlash qoidalarini va dafn etish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tariflar miqdorini tasdiqlash;

ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish;

- yo‘llarning ayrim qismlarida harakatlanish tezligini oshirishga yoki kamaytirishga (tegishli yo‘l belgilari o‘rnatib) ruxsat berish kabi masalalar yuzasidan qarorlar endi xalq vakillari tomonidan qabul qilinadi.

Farmonda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi mahalliy Kengashlarning nazorat hamda norma ijodkorligi bo‘yicha faoliyat samaradorligini oshirish, aholi va “mahalla yettiligi”ning dolzarb masalalarini hal etish bo‘yicha mahalliy Kengashlarning imkoniyatlarini kengaytirish, mahalliy vakillik organlari faoliyatida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash,ularning xalqaro hamkorligi bo‘yicha huquqiy asoslar yaratilishi, deputatlik faoliyati kafolatlarini kengaytirish orqali deputatlarni rag‘batlantirib borishga xizmat qiladi.

Elmurod Nurillayev

Oliy Majlis Senati devoni bo‘limi mudiri

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati takomillashmoqda