27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tomonidan jurnalistika sohasiga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan OAV xodimlari va media sohasi vakillariga O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining faxriy unvonlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda ommaviy axborot vositalari, jurnalistika sohasi va media industriyasida faoliyat yuritayotgan bir qator fidoyilar – yirik tahririyatlar rahbarlari, taniqli jurnalistlar, yirik axborot tashkilotlari vakillari faxriy unvonlar bilan taqdirlandi.

Bu gal ham an’anaga muvofiq, O‘zJOKU tomonidan sohaning taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yosh avlodga namuna bo‘layotgan mutaxassislarga faxriy unvonlar berildi. Bular  “O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining faxriy professori”, “O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining faxriy dotsenti” kabi ilmiy unvonlardir.  

Mazkur faxriy unvonlarni taqdim etish O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti uchun an’anaga aylangan.  Universitet tomonidan o‘tgan yilda ham 27 iyun –  Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida shunday faxriy unvonlar o‘z egalariga topshirilgan edi. Bu esa nafaqat e’tirof, balki soha fidoyilarining mehnatini qadrlash, ularni yangi muvaffaqiyatlarga undashning yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti soha uchun yuqori malakali, zamonaviy dunyoqarashga ega kadrlarni tayyorlash barobarida, amaliy jurnalistika, PR, kommunikatsiya va media tadqiqotlar yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan ilg‘or mutaxassislar bilan ham hamkorlikda ishlaydi. Faxriy unvonlar aynan mana shu ilm-fan va amaliyot uyg‘unligining samarasidir.

Bu e’tirof nafaqat ular bajargan mehnatga berilgan yuksak baho, balki yoshlarga, jamiyatga, haqiqatga sadoqat bilan xizmat qilishga da’vatdir. Faxriy unvonlar universitet Kengashining rasmiy qarori asosida, maxsus tavsiyanomalarga tayanilgan holda, ularning butun faoliyati, jamiyatdagi obro‘-e’tibori, kasbiy fidoyiligi asosida taqdim etildi.

Bunday unvonlar jamiyatda bilim, halollik, ustozlik va intellektual yetakchilik kabi qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bugun taqdirlanayotgan har bir inson o‘zining kasbiga sadoqati, doimiy izlanishlari, yosh avlodga bergan saboqlari va yurtdoshlar qalbida uyg‘otgan ishonchi bilan bu yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan.

N.Usmonova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Matbuot fidoyilari