So‘nggi payt xorijiy ommaviy axborot vositalari AQSH Prezidenti Donald Tramp nomzodini Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ko‘rsatish haqida tez-tez yoza boshladi.

Yaqinda Vakillar palatasi a’zosi Erl “Baddi” Karter Nobel qo‘mitasiga Eron-Isroil mojarosini hal qilishdagi sa’y-harakati uchun  Trampga tinchlik yo‘nalishi mukofoti berilishini so‘rab murojaat qildi. Avvalroq Pokiston hukumati ham  Hindiston bilan mojaroda vositachilik qilgani uchun Amerika yetakchisini shu sovringa munosib ko‘rdi. Binobarin, hamma siyosatchilar ham bunday o‘ylamayapti. Masalan, kuni kecha Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva Oq uy rahbariga internetga kamroq vaqt ajratish va ko‘proq prezident vazifasini bajarishni maslahat berdi.

G1 axborot portali yozishicha, Lula da Silva “AQSH kabi yirik davlat rahbari bo‘lgan  odam bu notinch dunyoda internetda kamroq o‘tirishi, ishga ko‘proq vaqt sarflashi, erkin savdo, ko‘p qutblilik, tinchlik haqida o‘ylashi kerak”ligini aytgan.

Braziliya yetakchisi avval ham Trampni, ayniqsa, G‘azo sektoriga nisbatan siyosati uchun bir necha bor tanqid qilgan. Umuman, iqtisodiy masalada bu ikki davlat rahbari kelisholmaydi. Lula da Silva fikricha, Trampning tarif siyosati erkin savdo va ko‘p qutblilikni mustahkamlash g‘oyasini “ko‘mib tashlaydi”.

Yana bir siyosatchi, Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi yetakchisi Gennadiy Zyuganov ham “Rossiya 24” telekanali efirida Donald bu mukofotga munosib emasligini ta’kidlagan:

- Yo‘q, albatta. Arzimaydi. Boshqa tomondan, u g‘ururlanishni boshladi. Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi mojaroni to‘xtatdi, Ukrainada tinchlikni ta’minlashini aytdi. Allaqachon Grenlandiyani o‘ziga qaratishga urinib ko‘rdi - bu ish bermadi, Kanadaga hujum qilishga urindi - bu ham ishlamadi, Meksika bilan muammo haligacha hal qilinmadi.

Deputat fikricha, Nobel mukofoti “buyuk g‘oyalar, ulkan jasorat, yuksak ma’naviyat uchun” berilishi kerak.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp Nobel mukofotiga munosibmi?