AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Ratkliff aytishicha, Eronning yadro dasturi AQSH zarbasi natijasida jiddiy zarar ko‘rgani haqida ishonchli razvedka ma’lumotiga ega. Shuningdek, muassasa yadroviy inshootlarni tiklash uchun yillar kerak bo‘lishini tasdiqlovchi yangi razvedka ma’lumotini qo‘lga kiritgan.
Ayni payt OAVda Vashington Eron yadroviy inshootlarini yo‘q qila olmagani haqidagi xabarlar ham tarqalgan. Masalan, CNN AQSH Mudofaa razvedka agentligi hisobotiga tayanib, zarbalar Eron yadroviy dasturining asosiy tarkibiy qismini yo‘q qila olmagani, dastlabki hisob-kitobga ko‘ra, rivojlanish faqat bir necha oy ortga surilgani haqida yozdi. Kutilganidek, Oq uy bu xabarni rad etdi va Prezidentning Yaqin Sharq bo‘yicha vakili Stiv Uitkoff ayni xulosa oshkor etilishi “vatanga xiyonat” ekani va tergov qilinishi kerakligini ta’kidlagan.
Pentagon kotibi Pit Xegset ma’lum qilishicha, ma’lumot sizib chiqishi bo‘yicha tergov olib borilmoqda. Milliy razvedka boshqarmasi direktori Tulsi Gabbard Eron yadroviy inshootlarini tiklash imkoniyatiga baho berarkan, buning uchun yillar kerak bo‘lishini aytdi. "Majmualar boshidan qurilishi kerak", - dedi u.
OAVda vayronagarchilik tabiati haqidagi xabarlar “ishonch darajasi past maxfiy ma’lumot sizib chiqishi”ga asoslanadi va AQSH Prezidenti Donald Tramp qarorlari va amerikalik harbiylarning hatti-harakatini obro‘sizlantirishga qaratilgan.
S.Rahimov, O‘zA