O‘zA sharhlovchisi “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi.
Mukofotlanganlar orasida O‘zA vakili ham bor.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Surxondaryo viloyati bo‘yicha sharhlovchisi Xolmo‘min Mamatrayimov «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.
O‘zA