Gazeta va jurnallar, davriy nashrlar, teleko‘rsatuvlaru radioeshittirishlar qanday tayyorlanadi? Ularning ortida kimlarning zahmatli mehnatlari mujassam?

Toshkent Fotosuratlar uyida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy agentligi, Toshkent Fotosuratlar uyi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston matbuoti arxiv hujjatlarida” nomli ko‘rgazmada ana shu savollarga batafsil javob olish imkoniyati mavjud.  

Tadbirda milliy matbuotimizga ko‘rsatilayotgan e’tibor jurnalistlarni yanada katta mas’uliyat va fidoyilik bilan mehnat qilishga chorlayotgani qayd etildi.  

[gallery-24057]

Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan 1928-2021 yillarga oid suratlar hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan yurtimiz matbuoti va ommaviy axborot vositalarining rivojlanishini aks ettiruvchi 150 dan ortiq fotohujjatlar namoyish etilmoqda.  

Ko‘rgazmada davriy nashrlarda o‘tkazilgan ijodiy uchrashuvlar, muloqotlar, qizg‘in mehnat jarayonlari, bosmaxonalarning faoliyati, intervyu va suhbatlar, respublika markaziy va hududiy, mahalliy gazeta va jurnallar, teleradiostudiyalarning ish jarayonlari, media materiallar ustida ish olib borish, muxbirlar, noshirlar, matbachilarning sermashaqqat ishi fotosuratlarda aks ettirilgan.  Shu bilan birga, bu yerda teleradio sohasining fidoyi xodimlari mehnati bilan ham turfa suratlar vositasida tanishish mumkin.

Ushbu ko‘rgazma orqali milliy mabuotimiz mashaqqatli, ham zafarli yo‘llarni bosib o‘tganiga yana bir karra guvoh bo‘lish mumkin.

Nazokat Usmonova,  

Oybek Pardayev (surat),  

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston matbuoti – arxiv hujjatlarida