AQSH ham aralashgan Isroil bilan 12 kunlik to‘qnashuvdan so‘ng Eron mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda chet elga birinchi safarini diplomatiya va iqtisodiyot bo‘yicha yaqin ittifoqchisi hisoblangan Xitoy Xalq Respublikasidan boshladi. U Shanxay hamkorlik tashkiloti yig‘ilishida qatnashgan to‘qqiz mamlakat vakillaridan biri bo‘ldi, deb yozdi CNN.

NATO yetakchilari Gaagada yig‘ilgan, Donald Tramp AQSH Eron bilan yadro dasturi masalasida ehtimoliy kelishuv bo‘yicha “kelasi hafta” uchrashishini aytgan paytga to‘g‘ri kelgan mazkur anjumanda XXR mulozimi Dong Jun, jumladan, shunday degan:

– Bir tomonlamalik va proteksionizm kuchayib bormoqda, gegemonlik, balandparvoz bayonotlar va zo‘ravon harakatlar xalqaro tartibni jiddiy ravishda buzadi. Biz SHHT tarkibidagi barcha davlatlarni muvofiqlashtirishni kuchaytirish, xalqaro adolatni himoya qilish hamda global strategik barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz.

Xitoy rasmiy axborot agentligi "Sinxua" xabariga ko‘ra, ishtirokchi davlatlar harbiy sheriklikni mustahkamlash va rivojlantirishga qat’iy tayyorligini ham bildirgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron mudofaa vaziri Xitoyda