Farg‘ona shahridagi Ekoshahar amfiteatrida. “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” respublika chempionati final bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda yurtimizning barcha hududlaridagi oliy o‘quv yurtlarining jamoalari, shuningdek, qo‘shni Qirg‘iziston vakillari, yoshlar ishtirok etdi.

Viloyat hokimligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur musobaqa Prezidentimizning 2022 yil 16 noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazildi.

[gallery-24052]

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ilk bor Farg‘onada o‘tkazilgan bu musobaqa yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qilishini, mazkur zamonaviy sport turi rivojlanib borayotganligini ta’kidladi. "Talabalar kibersport o‘yinlari” respublika chempionatini viloyatda an’anaviy o‘tkazish taklifini bildirdi, ishtirokchilarga omad tiladi.  

Uch bosqichdan iborat chempionatda respublikamizning barcha hududlaridan 64 ta jamoa va 300 nafar saralangan ishtirokchi finalda bellashdi. Musobaqalarda jami 210 ta oliy ta’lim muassasasidan 44 mingdan ortiq talaba, 3 mingdan ziyod

jamoa ishtirok etdi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali esa musobaqa 225 mingdan ziyod tomoshabin tomonidan kuzatib borildi. Bu esa loyihaning mahalliy, milliy va global miqyosdagi ta’siri yuqori bo‘lganini o‘zida aks ettirdi.

Tadbir davomida chempionat g‘oliblari va turli nominatsiyalar sohiblari nomlari e’lon qilindi.

Xususan, "Dota 2" kibersport turi bo‘yicha Toshkent shahridagi Webster universiteti jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 2-o‘rinni, Qoraqalpoq davlat universiteti esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Counter-Strike turi bo‘yicha 1-o‘rin Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasiga nasib etdi. 2-o‘rin Jizzax viloyatidagi Sabhram universiteti jamoasiga, 3-o‘rin esa Toshkent shahridagi Webster universiteti jamoasiga nasib qildi.

Just Dance sport turi bo‘yicha Toshkent viloyatidagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 1-o‘ringa ega chiqdi. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2-o‘rinni, Andijon davlat texnika universiteti esa 3-o‘rinni band qildi.

Kibersportning futbol musobaqasida tadbir qatnashchilari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Yangi O‘zbekiston universiteti vakillari o‘rtasidagi qiziqarli bahsga guvoh bo‘ldilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Yangi O‘zbekiston universiteti jamoasi 1-o‘rinni, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2-o‘rinni, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar va nominatsiyalar sohiblariga musobaqa kubogi, pul mablag‘lari ko‘rsatilgan vaucherlar, sertifikat, diplom va medallar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda Qirg‘izistonning O‘sh davlat universiteti jamoasi ham faol ishtiroki uchun taqdirlandi.

Estrada xonandalari ijrosidagi yurtni, mehr-muhabbatni, birdamlikni tarannum etgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinkilik, yoshlarga g‘ayrat-shijoat bag‘ishladi.

Osmon uzra porlagan mushakbozlik tadbir ishtirokchilariga xushkayfiyat ulashdi.

M.Sulaymonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” respublika chempionati o‘tkazildi