Prezident Uilyam Ruto hukumatiga qarshi bir kunlik norozilik namoyishida Keniya ko‘chalari bo‘ylab minglab odam to‘plandi. To‘qnashuvlar natijasida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 400 kishi yaralandi.

2024 yil xalqni ko‘targan “qo‘zg‘olon”dan roppa-rosa bir yil o‘tib, poytaxt Nayrobi va boshqa shaharlarda politsiya yana namoyishchilarni tarqatishga urinmoqda.

Rasmiylar holatni televideniye va radio orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritishni taqiqladi, biroq bu qaror mamlakat Oliy sudi tomonidan bekor qilindi.

Ruto olomonni tinchlik va barqarorlikka tahdid solmaslikka chaqirib, shunday dedi:

– Namoyish tinchlikni buzishi kerak emas. Boradigan boshqa joyimiz yo‘q. Mamlakat xavfsizligini ta’minlash o‘z zimmamizda.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Keniyada yirik isyon