Oliy Majlis Senatining sakkizinchi yalpi majlisi birinchi ish kuni yakuniga yetdi.

Majlisda Senat va Hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Majlis videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkazildi va Senatning Youtube tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib borildi. 

Yalpi majlisni kirish so‘zi bilan ochgan Senat Raisi Tanzila Norboyeva xalqaro maydonda vaziyat tobora murakkablashib borayotganiga qaramasdan mamlakatimizda rivojlanish sur’atlari barqaror saqlanib qolayotganini ta’kidladi. Bu – Prezidentimiz boshchiligidagi islohotlarning nechog‘lik to‘g‘ri va samarali bo‘layotganini anglatadi.

– Islohotlar natijasi xalqaro darajada ham e’tirof etib kelinmoqda – dedi T.Norboyeva. –  Yaqinda “Moody’s” xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi bo‘yicha prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga o‘zgartirgani iqtisodiyotimizni yuksaltirish yo‘lidagi tizimli ishlarga berilgan navbatdagi yuksak baho demakdir. Mazkur reytinglar mamlakatimizni xalqaro maydonda ishonchli hamkor sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlaydi. Joriy yil 9-12 iyun kunlari o‘tkazilgan to‘rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi mamlakatimizning investitsiyaviy salohiyati va barqaror iqtisodiy rivojlanishini tasdiqlovchi yana bir ko‘rsatkich bo‘ldi. Forumda 100 ga yaqin davlatdan 8 mingdan ortiq ishtirokchi, 3 mingga yaqin xorijiy mehmon, jumladan, vazirlar, xalqaro moliya institutlari vakillari, dunyoning yetakchi korporatsiyalari rahbarlari ishtirok etdi. Umumiy qiymati qariyb 30 milliard dollarlik investitsiya kelishuvlari va savdo shartnomalari imzolandi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonda yaratilgan qulay investitsiya muhitiga xorijiy investorlarning yuqori ishonchidan dalolat beradi. Umuman olganda, nafaqat iqtisod, balki dunyo siyosiy maydonida mamlakatimizning nufuzi ortib bormoqda.

Majlisda Prezident boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qo‘yilgan masalalar ijrosiga e’tibor qaratildi. 

Ushbu masala yuzasidan fikr bildirgan Senat Raisi T.Norboyeva islohotlar tub negiziga inson, xalq manfaati barcha narsadan ustun degan konseptual g‘oya qo‘yilganini ta’kidladi. “Inson qadri uchun” tamoyili barcha islohotlarning bosh mezoniga aylandi. 

Joriy yil 16 iyun kuni Prezidentimiz huzurida o‘tgan majlisda amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan katta vazifalar qo‘yilgani senatorlar e’tibori markazida bo‘ldi. 

Senat hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlari oldida turgan birinchi darajali vazifalar muhokama qilinarkan, aholi bilan muloqotni yanada kuchaytirib, ular ko‘tarayotgan masalalarni tez hal qilib berish – barchaning asosiy vazifasi  bo‘lishi kerakligi alohida qayd etildi.  

Majlisda parlamentda siyosiy xilma-xillikni ta’minlash, ochiqlik va munozara muhitini rivojlantirish maqsadida muxolifatning kafolatlangan huquqlarini kengaytirishga qaratilgan, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda kafolat mablag‘larini joriy etish bo‘yicha qonunlar ma’qullandi. 

Iqtisodiy, agrar, ekologik va investitsiya sohalariga oid ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishga oid qonunlar ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.

Faqat tashqi mehnat migratsiyasiga oid qonun qayta  takomillashtiriladigan bo‘ldi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/PbNxWA1psbo" title="SYeNAT: yalpi majlisda qanday masalalarko‘rib chiqildi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Senat yalpi majlisi ertaga o‘z ishini davom ettiradi. 

Norgul Abduraimova, Abror Sodiqov (video), Anvar Ahmedov (montaj), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SENAT: yalpi majlisda qanday masalalar ko‘rib chiqildi? (+video)