Ma’lumki, Donald Tramp "Birinchi navbatda Amerika" siyosati doirasida AQSH qo‘shini Yevropadan olib chiqilishini aytib, bir necha bor tahdid qilgan. Amerika yetakchisi bunday siyosat jiddiy strategik oqibatga olib kelishi, ehtimol ichki qarshilikka ham duchor bo‘lishi haqida o‘ylaganmi? BBC shu savolni o‘rtaga tashlamoqda.

Tramp mudofaa uchun "juda kam mablag‘ sarflaydigan" NATO a’zolarini endi himoya qilmasligini ko‘p takrorlayapti. Ma’lumotga ko‘ra, hozir ko‘hna qit’ada AQSHning 84 000 ga yaqin faol harbiy xizmatchisi bor. 2022 yil Rossiya bilan urush boshlangach, Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun RF, Belarus va Ukraina bilan qo‘shni davlatlarga 20 000 askar yuborilgan. Ayni payt tegishli miqdor taxminan 75 000- 105 000 harbiy xizmatchi, birinchi navbatda havo kuchlari, armiya va dengiz flotini tashkil etadi. Qo‘shinning asosiy qismi Germaniya (40 000), Polsha (14 000), Italiya (13 000) va Buyuk Britaniyada (10 000), qolganlari qit’a bo‘ylab Norvegiyadan Turkiyagacha tarqalgan.

2012 yil AQSHning o‘sha paytdagi mudofaa vaziri Leon Panetta harbiy xarajatni kamaytirish maqsadida Yevropadan ikki jangovar brigada – 8000 ga yaqin askar olib chiqib ketilishini e’lon qilganda G‘arbiy Yevropa hukumatlari bu qarorga qarshi chiqqan edi.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp AQSH qo‘shinini Yevropadan olib chiqmoqchi