AQSH Shimoliy-sharqi va O‘rta g‘arbida haddan ziyod yuqori harorat kuzatilyapti. O‘n millionlab odam jaziramadan aziyat chekmoqda. Ayrim joylarda elektr uzilib, poyezd qatnovi to‘xtagan.
“Reuters” yozishicha, aksar hududlarda bir hafta davom etishi kutilayotgan jaziramadan ogohlantirish tartibi kuchga kirdi. Sharqiy qirg‘oq rasmiylari issiqlik bilan namlik qo‘shilgach, harorat 43 darajaga chiqishi mumkinligini aytgan.
Elektr tarmog‘i tizimi rahbariyati stansiyalar imkon darajasida yuqori quvvat bilan ishlashga tayyor turishi zarurligini so‘ragan.
Olimlar ogohlantirishicha, bunday favqulodda holat yangi me’yorga aylanib qolishi mumkin. Qaysi hududlar iqlim o‘zgarishining eng yomon ta’siridan qutulishi mumkinligi haqida esa faqat taxmin kuchaymoqda.
Binobarin, iqlim o‘zgarishi, ob-havo bilan bog‘liq har qanday ta’sir, xususan haddan tashqari issiqlik inson hayotiga, hatto, suv toshqini yoki bo‘rondan ham kuchli xavf tug‘diradi.
M.Pirmatova, O‘zA