Xalqimiz hayotini farovonlashtirish yo‘lidagi islohotlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Senat yalpi majlisida shu masalaga e’tibor qaratildi.

– Davlatimiz rahbarining yaqinda Qashqadaryo viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida barchamiz bunga yana bir bor amin bo‘ldik, – dedi Senat Raisi Tanzila Norboyeva. – Oldinlari viloyat sanoatining yarmidan ko‘pi neft-gaz va kimyo tarmog‘iga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda elektr texnikasi, qurilish materiallari, to‘qimachilik, mebelchilik sohalarida “katta sakrash” bo‘lgani e’tirof etildi (hudud sanoatining 54 foizi ushbu tarmoqlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda). Ayniqsa, viloyatning Shahrisabz, Yakkabog‘ va Ko‘kdala tumanlarida amalga oshirilgan loyihalar, aholi va tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar boshqa hududlar uchun namuna bo‘lmoqda.

Prezidentimiz hududni har tomonlama rivojlantirish, xususan, joriy yilda viloyatda 470 ming kishini band qilish, 150 ming aholini kambag‘allikdan chiqarish, Kitob tumani, Qarshi va Shahrisabz shahrini “ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hudud”ga aylantirish bo‘yicha, real imkoniyatlarni ko‘rsatgan holda, aniq vazifalarni belgilab berdi. Tez orada viloyat qishloq xo‘jaligida misli ko‘rilmagan darajada katta imkoniyatlar ishga solinadi, yangi konlar o‘zlashtiriladi, yuzlab kilometr yo‘llar qurilib, kengaytiriladi. Zamonaviy turizm maskanlari barpo etiladi, innovatsion sanoat zonalari tashkil qilinadi, minglab xonadonli uylar qad ko‘taradi, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha gigant loyihalar amalga oshiriladi.  

Davlatimiz rahbarining Parkent tumaniga tashrifi davomida ham mazkur hududning ham iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlari, “o‘sish nuqtalari” belgilab berildi. Tumanning turizm, meva-sabzavotchilik yo‘nalishlaridagi yuqori salohiyatidan kelib chiqib, transport, logistika, yangi ishlab chiqarish quvvatlari bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalar qo‘yildi, katta resurslar ajratildi. Birgina  turizmni rivojlantirish maqsadida qiymati 1,8 milliard dollar qiymatidagi 52 loyiha amalga oshiriladi, 1 million nafar sayyohga xizmat ko‘rsatiladi.

“Bunday keng ko‘lamdagi, millionlab insonlarning hayotiga daxldor bo‘lgan ishlar samarasi ko‘p jihatdan mas’uliyat va javobgarlikni anglash bilan bog‘liq. Prezidentimizning bunga alohida talabchanlik bilan e’tibor qaratayotgani negizida ham shu yotibdi. Bu borada belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar nafaqat ijro organlari, balki, xalq vakillarining zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Hududlar palatasi sifatida, biz mahalliy kengashlar bilan birga qo‘yilgan vazifalar o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshishida faol ishtirok etishimiz lozim”, dedi Senat Raisi.  

N.Abduraimova,  

N.Haydarov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanzila Norboyeva: hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonlarida Senat, mahalliy kengashlar faol ishtirok etadi